Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2025. O‘zbekistonlik yetti bokschidan yetti g‘alaba

JCh-2025. O‘zbekistonlik yetti bokschidan yetti g‘alaba

Foto: Boxing Uzbekistan

Angliyaning Liverpul shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. 8-sentyabr oqshomida o‘zbekistonlik yetti nafar bokschi ringga ko‘tarildi.

Bokschilarimiz jangni -54 kg vazn toifasida boshlashdi — Nigina O‘ktamova vengriyalik Anna Lakotarni mag‘lub etib (5:0), chorak finalga yo‘l oldi. U 10-sentyabrda keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi.

Navbahor Hamidova (-65 kg) esa belgiyalik Oshin Deriuvdan ustun keldi (4:1).

Shavkatjon Boltayev og‘ir jangda ispaniyalik Bernad Martinezni yengib (3:0), chorak finalga chiqdi.

To‘rabek Habibullayev (-90 kg) yunon bokschisi Vagkan Nanitzanianni yengdi (5:0) va chorak finalda qozog‘istonlik Sag‘indik Tog‘ambayga qarshi jang o‘tkazadi.

Olimpiada chempioni Abdumalik Xalokov (-60 kg) italiyalik Juzeppe Kanonikoga qarshi bahsni g‘alaba bilan yakunlab, jahon chempionligi sari yana bir qadam tashladi.

-75 kg vaznda bo‘lib o‘tgan jangda Fazliddin Erkinboyev turkiyalik Sultan Osmanlini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak final yo‘llanmasi egasiga aylandi.

Boks oqshomining vakillarimiz ishtirokidagi so‘nggi jangida +90 kg vazn toifasidagi Jahongir Zokirov germaniyalik Nikita Putilov ustidan zafar quchdi.

Shu tariqa dushanba kuni mamlakatimiz sharafini himoya qilgan yetti nafar bokschimizning barchasi 100 foiz natija qayd etishdi.

Ma’lumot uchun: World Boxing shafeligida ilk bor o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionatida 68 mamlakatdan 554 nafar bokschi qatnashmoqda. Turnir 14-sentyabr kuni yakuniga yetadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring