Jerrardning «Enfild»ga qaytishi, Madrid derbisi va fransuzcha klasiko

Bugundan kuchli beshlik chempionatlarining barchasida navbatdagi tur o‘yinlariga start beriladi. Asosiy va markaziy o‘yinlar esa shanba-yakshanba kunlariga belgilangan. Quyida 5 ta chempionatdagi futbol bahslari haqida gaplashamiz.
Angliya: Stiven Jerrard «Enfild»ga qaytmoqda
Angliya premer ligasining 16-tur uchrashuvlari «Brentford» - «Uotford» uchrashuvi bilan bugun boshlanadi. Ertaga esa Jerrard boshqarayotgan «Aston Villa» Liverpulda mehmon bo‘ladi. Jerrardga «Enfild» begona emasligini futbol muxlislari yaxshi biladi. Ayrim bashoratchilarga ko‘ra, kelajakda aynan Klopning o‘rnini Jerrard egallashi ham mumkin. Shuning uchun bu o‘yin juda muhim.
APL, 16-tur
10 dekabr
Brentford - Uotford
11 dekabr
Manchester Siti - Vulverxempton
Arsenal - Sautgempton
Liverpul - Aston Villa
Chelsi - Lids
Norvich - Manchester Yunayted
12 dekabr
Bernli - Vest Xem
Lester - Nyukasl
Kristal Pelas - Everton
Brayton - Tottenxem o‘yini koronavirus sababli noma’lum muddatga qoldirilgan.
Ispaniya: «Santyago Bernabeu»da Madrid derbisi
«Barselona» Myunxenda yirik hisobda yengilgach, yurishini Yevropa ligasida davom ettiradi. Xavi jamoani ancha qiyin vaziyatda qabul qilib oldi, shuning uchun rahbariyat bilan uchrashib, qoluvchi va ketuvchilarni aniqlashtirib olmoqchi. 17-tur doirasida kataloniyaliklar «Osasuna» mehmoni bo‘lishadi.
Turning markaziy uchrashuvi Madrid derbisidir. «Santyago Bernabeu»da «Atletiko» mehmon bo‘ladi. Mezbonlar Diyego Simeone shogirdlaridan 10 ochkoga oldinlab ketgan bo‘lishiga qaramay, bu o‘yin hamisha qiziqish bilan kutib olinadi.
La-liga, 17-tur
10 dekabr
Malorka - Selta
11 dekabr
Espanol - Levante
Alaves - Xetafe
Valensiya - Elche
Atletik - Sevilya
Vilyarreal - Rayo Valekano
Osasuna - Barselona
12 dekabr
Betis - Real Sosedad
Real Madrid - Atletiko
13 dekabr
Kadis - Granada
Germaniya: «Borussiya» «Bavariya»ni quvib kelyapti
Bundesliganing 15-tur o‘yinlari ham bugundan boshlanadi. Chempionlar ligasida ishonchli g‘alaba qozongan myunxenliklar o‘z uyida «Mayns»ni xotirjam qabul qiladi. Eng yaqin ta’qibchisi «Borussiya»ni esa o‘tgan turda mag‘lub etishgan. Dortmundning «Borussiya»si esa Boxumga safar qiladi va chempionlarni quvishda davom etadi.
Bundesliga, 15-tur
10 dekabr
Kyoln - Augsburg
11 dekabr
Bavariya - Mayns
Boxum - Borussiya D
Gerta - Arminiya
Leypsig - Borussiya M
Frayburg - Xoffenxaym
Volfsburg - Shtutgart
12 dekabr
Groyter Fyurt - Union Berlin
Ayntraxt F - Bayer
Italiya: «Milan» yetakchilikda qoladimi?
Andrey Shevchenko jamoasining bugungi o‘yini bilan boshlanadigan 17-turda musobaqa peshqadami «Milan» safarda «Udineze» mehmoni bo‘ladi. Uning ortidan izma-iz kelayotgan «Inter» va «Napoli» ham milanliklar kabi o‘rtamiyona jamoalarga qarshi o‘ynaydi. Hatto «Inter» raqibi autsayder «Kalyari». Shomurodov o‘ynaydigan «Roma» esa dushanba kuni «Spetsiya»ni qabul qiladi.
A seriya, 17-tur
10 dekabr
Jenoa - Sampdoriya
11 dekabr
Fiorentina - Salernitana
Venetsiya - Yuventus
Udineze - Milan
12 dekabr
Torino - Bolonya
Verona - Atalanta
Napoli - Empoli
Sassuolo - Latsio
Inter - Kalyari
13 dekabr
Roma - Spetsiya
Fransiya: «PSJ» bu gal «Monako»ni yenga oladimi?
So‘nggi turlarda o‘yini chiqmayotganiga qaramay, «PSJ» musobaqa jadvalida ancha ilgarilab ketgan. Ammo parijliklarning «Monako»ga qarshi o‘yini har doim o‘zgacha qiziqish bilan kutib olinadi. Ajablanarlisi, tarkibida yulduz futbolchilari bor «PSJ»ni monakoliklar so‘nggi ikki o‘yinda mag‘lubiyatga uchrata olgan.
1-liga, 18-tur
10 dekabr
Nant - Lans
11 dekabr
Brest - Monpele
Reyms - Sent-Eten
12 dekabr
Lill - Lion
Anje - Klermon
Mets - Loryan
Renn - Nitssa
Trua - Bordo
Strasbur - Marsel
PSJ - Monako
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter