Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuba terma jamoasi JCh oldidan jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

Kuba terma jamoasi JCh oldidan jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

Shu yilning 24 oktyabridan 6 noyabriga qadar Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Ma’lum bo‘lishicha, Kuba boks terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etishi kerak bo‘lgan 4 nafar a’zosi – Billi Rodriges (-48 kg), Damiyen Arse (-51 kg), Yosbani Veytiya (-54 kg) va Deniyer Peroda (+92 kg) koronavirus aniqlangan va izolyasiyaga olingan.

Endi kubaliklarning tarkibi quyidagicha ko‘rinish oladi:

-57 kg: Osvel Kabalero
-60 kg: Lazaro Alvares
-63.5 kg: Endi Kruz
-67 kg: Kevin Braun
-71 kg: Roniel Iglesias
-75 kg: Yoenlis Felisiano Ernandes
-86 kg: Xerix Ruis
-92 kg: Xulio Sezar La Krus

Qayd etish lozim, Kuba terma jamoasi JChga tayrgarlikni O‘zbekistonda, Yangiobod sport bazasida olib borishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi barcha 13 ta vazn toifasidagi bokschilar bilan qatnashadi. Tarkibga Shahram G‘iyosov va Hasanboy Do‘smatov ham qaytgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring