Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Osiyo bolalari» o‘yinlarida yana 5ta oltin qo‘lga kiritildi

«Osiyo bolalari» o‘yinlarida yana 5ta oltin qo‘lga kiritildi

vladivostok2022.som

 

Ayni kunlarda Rossiya Federatsiyasining Vladivostok shahrida VII «Osiyo bolalari» xalqaro sport o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu xalqaro tadbirida o‘zbekistonlik sportchi yoshlar ham ishtirok etib kecha, 31-iyul holatiga jami 29 ta medal (6ta oltin, 10ta kumush, 13ta bronza)ni qo‘lga kiritishgan va umumjamoa hisobida 5-o‘rinda qayd etilgan.

Bugun, 1 avgust kuni esa «Osiyo bolalari» o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari 5ta oltin, 2ta kumush va 5ta bronza, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritdilar.

Jumladan, oltin:

Rustam Abdullayev (yengil atletika)

Shohista Shonazarova (ayollar kurashi)

Mashhura Abdumusayeva (ayollar kurashi)

Muhayyo Rahimjonova (ayollar kurashi)

3x3 basketbol O‘zbekiston terma jamoasi (qizlar)

Kumush:

Husniobod Sultonnazarova (ayollar kurashi)

Asaloy Amangeldiyeva (ayollar kurashi)

Bronza:

Bahora Jumaqulova (ayollar kurashi)

Shohruh Iskandarov (stol tennisi)

Maftuna Ahmedova (yengil atletika)

Asadbek Haliljonov (yengil atletika)

Amir Eshonxo‘jayev (yengil atletika)

Eslatib o‘tamiz,  VII «Osiyo bolalari» o‘yinlari joriy yilning 27-iyul – 8-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, «Osiyo bolalari» o‘yinlari har 4 yilda bir marta o‘tkaziladi. Ushbu musobaqa birinchi marta 1996-yilda Saxa (Yoqutiston) Respublikasining birinchi prezidenti Mixail Nikolayev tashabbusi bilan zamonaviy Olimpiya harakatining 100 yilligiga bag‘ishlab tashkil etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring