Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Politsiya Chexiya Futbol assotsiatsiyasi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazmoqda

Politsiya Chexiya Futbol assotsiatsiyasi shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazmoqda

Foto: «Topwar.ru»

Juma kuni ertalabdan politsiya Chexiya Respublikasi Futbol assotsiatsiyasi (FAChR) shtab-kvartirasida tintuv o‘tkazmoqda. 19 kishi hibsga olingan, assotsiatsiya boshlig‘i o‘rinbosari Roman Berbra ham shular jumlasidan. Bu haqda Pragada joylashgan «Deník N» tarmoq nashri xabar berdi.

«Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash milliy boshqarmasi futbol sohasida keng ko‘lamli tekshiruv o‘tkazmoqda. 19 kishi, jumladan, assotsiatsiya boshlig‘i o‘rinbosari Roman Berbra hibsga olingan. Ular turli jinoyatlarda ayblanmoqda. Bosh prokuror Lenka Bradachovaning ma’lum qilishicha, ushbu ish musobaqa natijalariga ta’sir ko‘rsatish bilan bog‘liq», — deb yozadi «Deník N».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring