Rossiya Tojikistonni yenga olmadi. Endi ruslar O‘zbekiston sinovidan o‘tadi

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Rossiya terma jamoasi Tojikiston bilan durang qayd etdi.
Tojikiston – Rossiya 0:0
Tojikiston – Yatimov, Safarov, Jo‘rabayev, Xanonov, Nazarov, Umarbayev (Karimov, 90), Jo‘raboyev, Pandjshanbe, Raximov (Jalilov, 57), Jalilov (Samiyev, 77), Mabatshoyev (Karomatullazoda, 90).
Rossiya – Selixov (Pesyakov, 46; Shunin, 54), Osipenko, Soldatenkov, Makarchuk, Miranchuk (Zaxaryan, 46), Utkin, Glebov, Xlusevich, Sadulayev (Mostovoy, 79), Pinyayev (Fomin, 84), Chalov (Sichevoy, 46).
Ogohlantirishlar: Xlusevich (72).
Rossiyaning navbatdagi raqibi O‘zbekiston bo‘ladi. Srechko Katanets shogirdlari avvalgi uchrashuvda Qozog‘istonni 2:0 hisobida mag‘lub etgandi. Endi Rossiya jamoasini sinovdan o‘tkazishi kerak bo‘ladi.
Uchrashuv 20 noyabr kuni «Paxtakor» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter