Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shomurodov operatsiya qilindi

Shomurodov operatsiya qilindi

«Kalyari» o‘zbekistonlik futbolchining oyog‘i operatsiya qilinganini malum qildi.

«Bugun futbolchimiz Eldor Shomurodovning oyog‘ida jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Muolaja Rimdagi «Villa Styuart» klinikasida professor Attilio Stanuchchi tomonidan va klubning tibbiy bo‘limi boshlig‘i Marko Skorku ishtirokida amalga oshirildi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi», – deyiladi klub xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Italiya klubi safida mashg‘ulot vaqtida jarohat olgandi. U endi Osiyo chempionatida terma jamoamizga yordam bera olmasligi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring