Chirchiqdagi bog‘cha tarbiyalanuvchilariga qo‘pol munosabatda bo‘lgan xodimlar ishdan haydaldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahridagi 30-sonli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida imkoniyati cheklangan bolalarga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lingani aks etgan videolavha tarqalgan edi.
Navoiy va Chirchiqda fuqarolar yillik daromadi haqida deklaratsiya to‘ldirishi kerak bo‘ladi
Tizim xarajatlarni «Soliq» mobil ilovasi orqali avtomatik tarzda hisobga olish imkonini beradi. Ma’lumotlar yetarli bo‘lmagan hollarda fuqarolar jarayon ustidan nazoratni saqlagan holda qo‘shimcha ma’lumotlarni qo‘ldan kiritishlari mumkin bo‘ladi.
Chirchiqda siam egizaklari noyob operatsiya orqali ajratib olindi
Chirchiq shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida noyob operatsiya o‘tkazildi.
Prezident Milliy futbol markazini borib ko‘rdi
Majmuada professional futbolchi va mutaxassislarni tayyorlash uchun to‘rtta tuzilma tashkil etildi. Bular - Futbol mutaxassislarini tayyorlash va ilmiy-tadqiqot markazi, Futbol terma jamoalari tayyorgarlik markazi, Respublika futbol akademiyasi, Sport tibbiyoti va reabilitatsiya markazidir.
Chirchiq daryosi o‘rtasida qolib ketgan shaxs qutqarildi (foto)
Kecha, 5 dekabr kuni 16:07 da Toshkent viloyati FVBga Chirchiq daryosining Qibray tumani «Qipchoq» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismining o‘rtasidagi orolchada fuqaro qolib ketganligi va yordam zarurligi haqida xabar kelib tushgan.
Chirchiqda hokim o‘rinbosari 1 mln dollar pora bilan qo‘lga tushdi
Mazkur jinoyat ishi Korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fosh qilindi.
Chirchiq daryosida hushsiz holda oqib ketayotgan fuqaro qutqarildi
Kecha, 19-iyun kuni Toshkent shahar FVB qutqaruvchilari Yangihayot tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosida xizmat olib borayotgan vaqtda bir fuqaro suvda hushsiz holda oqib kelayotganligini ko‘rgan.
Chirchiqqa yangi hokim keldi
Xalq deputatlari Chirchiq shahar Kengashining qarori bilan Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahar hokimi etib tayinlandi.
Chirchiqda bog‘cha bolasini hojatxonaga qamab qo‘ygan «opa» ishdan bo‘shatildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Chirchiq shahrida sodir bo‘lgani aytilgan bog‘cha bolasining hojatxonaga qamab qo‘yilgani holati aks etgan videotasvir tarqaldi.
Chirchiqda elektr korxonasi muhandisi qo‘lga olindi
Ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog‘iga qayta ulab berishni va’da qilgan muhandis ushlandi.
«Equinox»ni pachoqlagan haydovchi 54 mln so‘mga tushdi
Chirchiq shahrida o‘zining «Tpacker 2» avtomobilida ehtiyotsizligi sabab «Equinox» bilan to‘qnashgan haydovchi qimmatga tushdi.
Chirchiqda Qozog‘istonning M.Auezov nomidagi universiteti filiali ochiladi
M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti notijorat aksiyadorlik jamiyatining Chirchiq shahrida filiali tashkil etiladi.
Chirchiqda «yonboshlab» qolgan uy yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berildi
Bir muddat oldin Chirchiq shahridagi «Yangi O‘zbekiston» massivida qurib topshirilganiga ko‘p bo‘lmagan ko‘p qavatli uyning bir tomonga qiyshayib, «yonboshlab» qolgani aytilgan edi.
Chirchiq daryosidan noqonuniy qum-shag‘al qazib olgan kompaniya ustidan jinoiy ish ochildi
Qibray tumanidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining qirg‘oq bo‘yidan noqonuniy tarzda 7 683,18 m3 qum-shag‘al aralashmasi qazib olingani aniqlandi.
Chirchiqdagi mehmonxonadan yigit va qizning jasadi topildi
Surishtiruvlar natijasida marhum yigit 23 yoshda, qiz esa 21 yoshda bo‘lgani aniqlangan.
Andijondan Chirchiqqa kelgan qiz bedarak yo‘qoldi
Bedarak yo‘qolgan Zaynobiddinova Kamolaxon Shahobiddin qizi qidirilmoqda.
«Chirchiq ko‘z o‘ngimizda o‘lik daryoga aylantirilmoqda...»
Chirchiq daryosining relefi buzilishi natijasida daryo o‘zani sathi Toshkent viloyati hududida 2-3 metrgacha, Toshkent shahri Roxat ko‘li yaqinida avvalgiga nisbatan 10 metrgacha pasayib ketgan.
Chirchiqda ayol kishi elektr ta’minoti xodimining bo‘yniga pichoq tiradi
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlardan norozi aholi janjal ko‘targani, bir ayol elektr ta’minoti korxonasi xodimiga pichoq bilan tahdid qilganligi aks etgan video tarqaldi.
Chirchiqda er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi.
Chirchiqda «bozorqo‘m» ishtirokidagi janjal sudda ko‘riladigan bo‘ldi
Ijtimoiy tarmoqlarda «Chirchiqda bozorqo‘m odamlarni noroziligi va nafratini uyg‘otmoqda» izohi bilan video xabar tarqaldi. Viloyat IIBB mazkur holat o‘rganilgani va tegishli choralar ko‘riganini ma’lum qilmoqda.

