ijtimoiy himoya agentligi ma’lumotlarning tarqalishi xususida bayonot berdi
Dastlabki o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, mazkur holat Agentlik tomonidan avval faoliyat yuritilgan eski ma’lumotlar bazasiga taalluqli.
Ayrim toifadagi talabalarga yotoqxona xarajatlari qoplab beriladi
Nizomga ko‘ra, yashash xarajatlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, Davlat budjetidan qoplab beriladi.
1-fevraldan «Davlat ta’minotidagi oila»lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi
Prezidentning «Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-258-son farmoniga ko‘ra, 2026-yil 1-fevraldan «Davlat ta’minotidagi oila» toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi:
Ayrim idoralarga sudlarga davlat boji to‘lamasdan murojaat qilish huquqi berilyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarni himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish hamda bolaning eng ustun manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
8 mingdan ortiq yetim bolalarga 500 dollarlik omonat mablag‘lari taqdim etildi
Yangi yil bayrami munosabati bilan tashkil qilinayotgan Prezident archasi doirasida 17 yoshgacha bo‘lgan 8 ming nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning har biri uchun omonat depozit hisob raqamlari ochilib, davlat tomonidan 500 AQSh dollari miqdorida mablag‘ joylashtirildi.
Prezidentning yangi farmoni qabul qilindi
Bu ijtimoiy himoyani tizimini takomillashtirish bilan bog‘liq.
Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyati yaratiladi
Hukumatning «Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga sifatli ta’lim olish imkoniyatini yaratish, ularni jamiyatga integratsiya qilish va individual rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.
Ijtimoiy xavf ostida qolgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida qo‘shimcha kvotalar ajratiladi
Joriy yil 24-dekabrdagi Prezident farmoniga muvofiq, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan bolalar ularning xulq-atvori, iqtidori va qiziqishlarini inobatga olgan holda o‘quv yili davomida 257 ta hududdagi ta’lim tashkilotlariga Bolalar masalalari bo‘yicha tuman (shahar) komissiyasi qaroriga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligining yo‘llanmasiga muvofiq joylashtirilishi mumkin.
O‘zbekistonda «Mehrli oila» xizmati tashkil etiladi
«Mehrli oila» xizmatiga ota-onalar Bolalar masalalari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri va tuman (shahar) komissiyalarining qarori asosida jalb qilinadi.
Yigirmata hududda Ijtimoiy xizmatlar markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
18-dekabr kuni Prezidentning «Aholining ehtiyojmand qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–383-son qarori qabul qilindi.
Inqirozdan yangi hayotga: «Ona Uyi» O‘zbekistonda ona va bola taqdirini o‘zgartirmoqda
O‘zbekistonda inqiroz holatiga tushgan ayollarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan «Ona Uyi» resurs markazlari tarmog‘i jadal rivojlanmoqda. Ushbu uylar BMT tomonidan ijtimoiy yetimlikning oldini olish bo‘yicha ilg‘or amaliyot sifatida e’tirof etilgan Qozog‘iston modeli asosida tashkil etilgan.
Nogironligi bo‘lganlarga 30 mln so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Yangi yildan «Teng imkon – inklyuziv bandlik» loyihasini joriy etib, nogironligi bo‘lgan 40 ming odamni ishli qilish muhim ekani ta’kidlandi. Bandlik jamg‘armasidan ularga 30 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi.
«ijtimoiy himoya fidoyisi» ko‘krak nishoni ta’sis etildi
Hukumatning joriy yil 11-noyabrdagi 715-son qarori bilan «Ijtimoiy himoya fidoyisi» ko‘krak nishoni to‘g‘risida»gi nizom tasdiqlandi.
Rasmiy band bo‘lgan barcha shaxslarga nafaqalar to‘lash yo‘lga qo‘yiladi
Xususiy sektorda band bo‘lgan aholining barchasiga ham homiladorlik, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik va ishdan bo‘shash bo‘yicha nafaqalar to‘lab berilmayapti.
O‘zbekistonda 1 mln nafardan ortiqroq nogironligi bo‘lgan shaxslar bor
O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan shaxslar soni 2025-yil 1-avgust holatiga 1 055 770 nafarni tashkil etmoqda.
Nogironlarga yer sotib olishi uchun 41,2 mln so‘mgacha pul beriladi
Nogiron shaxs yoki nogironi bor oila auksiondan yer uchastkasi sotib olsa, 41 200 000 so‘mgacha davlat pul beradi.
Jinoyat protsessi ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilishning yangi tizimi ishlab chiqildi
Nizom jabrlanuvchilarni, guvohlarni va jinoyat protsessi boshqa ishtirokchilarining ijtimoiy himoyasini ta’minlashga qaratilgan bir yo‘la beriladigan nafaqani tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
Ota-onasi deportatsiya qilingan ikki bola Moskvada qarovsiz qolib ketdi
Rossiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan ikki nafar voyaga yetmagan bola bugun tongda Toshkent aeroportiga olib kelindi.
Bolalar salomatligi bo‘yicha axborot tizimi ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-yanvar kuni ijtimoiy yordamlarning manzilliligini oshirish, nogironligi bo‘lganlarni parvarishlashning yangi tizimiga oid taqdimot bilan tanishdi.
Aholiga 15 trln so‘mlik ijtimoiy nafaqalar to‘landi
2024 yilda jami 14 962,7 mlrd so‘mlik ijtimoiy nafaqalar orqali 2,6 mln benefitsiarlar (2 mlnga yaqin oilalar hamda 600 mingdan ortiq shaxslar) ijtimoiy himoya tizimi bilan qamrab olindi.
Rossiyadan ota-ona qarovisiz qolgan 15 nafar bola Vatanga qaytarildi
Bolalarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha ish olib borayotgan Ijtimoiy himoya milliy agentligi, IIV hamda SSVning o‘rganishlari jarayonida yana 5 nafar bola ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgani aniqlandi.
Oilaviy bog‘chalardagi kambag‘al oila farzandlari to‘lovi qisman qoplab beriladi
Ijtimoiy himoya sohasiga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident bu yil ijtimoiy himoya bo‘yicha qilingan 34 ta muhim yangilikka qo‘shimcha 28 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.
Prezident ijtimoiy himoya sohasi va 2025-yildagi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazyapti
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025 yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Rossiyada qarovsiz qoldirilgan o‘zbekistonlik qizaloq Vatanga qaytarildi
Ma’lum bo‘lishicha, qiz 6 yoshida onasi bilan birga Rossiya Federatsiyasiga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan. Qiz va uning onasi yillar davomida turli qiyinchiliklarga duch kelgan. Onasining hayoti yangi joyda o‘nglanmagani sababli na uy-joy, na doimiy ish topilgan. Eng achinarlisi – qiz shu vaqtgacha maktab ta’limiga jalb qilinmagan.
Paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova mas’ul lavozimda ish boshladi
Kuni kecha Ijtimoiy himoya milliy agentligida bo‘lib o‘tgan tadbirda para yengil atletika bo‘yicha paralimpiya chempioni Asila Mirzayorova Agentlikning nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha Maxsus vakili sifatida tanishtirildi.
Davlat boji bo‘yicha ayrim imtiyozlar berildi
Ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizim takomillashtiriladi hamda ularning sifati oshiriladi.
Prezidentning yangi farmoni e’lon qilindi
Prezident fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan Farmonni imzoladi.
«Diyora Keldiyorova bilan bir qancha loyihalarni birgalikda amalga oshiramiz» — Shahnoza Mirziyoyeva
Ijtimoiy himoya agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Parijda Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova bilan uchrashdi.
ijtimoiy himoya agentligiga qo‘shimcha vazifalar yuklanyapti
Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev Quva shahrda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
11 yildan buyon aravachaga mixlangan bola: «Men Vatanni onam kabi sevaman!» (video)
...Nargiza yig‘lab yubordi. Pechka yonida to‘shakda o‘rab qo‘yilgan akasi filmning oxiri qanday yakunlanishini sezganini his qildi, uni kelib ohista quchdi: «Mening akam, o‘zimning akajonim!»...
O‘zbekiston va Xitoy ijtimoiy himoya sohasida hamkorlik qiladi
Kecha, 8-may kuni Pekin shahrida Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Xitoy Fuqarolik ishlari vazirligi delegatsiyalari o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shahnoza Mirziyoyeva Samarqandda kishanlangan bola bo‘yicha munosabat bildirdi
Holatga Prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva munosabat bildirdi.
Rossiyada o‘zbekistonlik ayolning ikki qizchasi qarovsiz qoldi
Bolalarning onasi Tatariston Respublikasi tergov izolyatorida saqlanayotgani aytiladi.
O‘zbekistonda «ixtisoslashgan tutingan oila» tizimi joriy etiladi
Yig‘ilishda ota-ona mehriga muhtoj bolalarga g‘amxo‘rlik masalalari ko‘rib chiqildi.
Budjet tashkilotlari va banklar nogironligi borlarni ishga qabul qiladi
Yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
1 oktyabrdan «ijtimoiy karta» joriy etiladi
Yig‘ilishda «Muruvvat» uylari va Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlarida ijtimoiy xizmatlarni mobil va kunduzgi qatnov shaklida ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish topshirildi.
Hokimlar o‘tkazayotgan qabullar o‘zgarishi kerak
Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada o‘tkazayotgan qabullar ham o‘zgarishi kerakligi, qabullarda mahalla «yettiligi» ko‘targan eng og‘ir masalalarning yechimi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.
Bu sohada umumiy yondashuv o‘zini oqlamadi
Buni mahalla darajasida manzilli, shaffof va adolatli tashkil etish zarurligi ta’kidlandi.
Prezident raisligida navbatdagi videoselektor boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.
Ijtimoiy nafaqa oluvchi yolg‘iz shaxslarga har oylik kompensatsiya to‘lanadi
Bu prezident farmonida ko‘zda tutilgan.
O‘tgan yili nafaqa olgan oilalarning 18,1 foizi ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lmagan
O‘zbekistonda 2022-yilda ijtimoiy himoya dasturlari doirasida nafaqa olganlarning 5,6 foizi o‘ziga to‘q va 12,5 foizi o‘rta ahvoldagi oilalar bo‘lgan. Bu esa jami nafaqa oluvchi oilalarning 18,1 foizi kam ta’minlangan, biroq haqiqatda ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lmagan oilalar deganidir.
Yolg‘iz keksa shaxslar «Inson» markazlarida tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining «Aholining ijtimoiy himoya olish huquqlarini ta’minlash hamda davlat ijtimoiy yordami va xizmatlarini ko‘rsatishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi,
Yana bir toifa kishilarga o‘qishga kirish uchun imtiyoz beriladi
Kelgusi o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalaridagi «Ijtimoiy ish» mutaxassisligi bo‘yicha ayrim toifa kishilar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.
Ehtiyojmand qatlamga ko‘maklashish uchun yagona tizim joriy qilinyapti – mutaxassis
«Endi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining davlat idoralarida eshikma-eshik yurishi shart bo‘lmaydi: xizmatlar uylargacha kirib boradi», – deydi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Boshqarma boshlig‘i Bahodir Karimov.
Meksikaning energetika islohotlaridan qanday saboq olish mumkin?
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) tadqiqotchilari elektr energetikasi sohasini isloh qilishning Meksika tajribasini o‘rganishdi.
Elektr energetikasi sohasini isloh qilishning Armaniston tajribasi
O‘tgan asrning 90-yillari boshlarida Armaniston moliyaviy jihatdan zaif elektr energetikasi tizimi bilan bozor iqtisodiyotiga o‘tishni boshladi. Sohada monopolist kompaniyaning ta’siri kuchli bo‘lib, boz ustiga tizim subsidiyalashganligi bilan ajralib turardi.
O‘zbekiston ijtimoiy davlat bo‘lishi kerakmi? (video)
O‘zbekiston ijtimoiy davlat qurmoqchi bo‘lsa nimalarga e’tibor qaratishi kerak? Ijtimoiy davlat o‘zi nima, u nimalarda namoyon bo‘ladi? Ijtimoiy davlat qanday vazifalarni bajaradi, uni sotsializmdan farqi bormi? Ushbu savollarga javob olish maqsadida Xabar.uz muxbiri siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov va iqtisodchi Abdulla Abduqodirov bilan suhbatlashdi.
Ijtimoiy davlat barpo etishning asosiy poydevori
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda aholini kuchli ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltirilgan siyosat olib borildi.
Aholini ijtimoiy himoya qilishga oid farmon e’lon qilindi
«O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.
ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ayrim qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini manzilli qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi.

