Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil hukumatining yangi qarorini Turkiya va Ozarbayjon qoraladi

30/06, 21:14

Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar tomonidan ilgari surilgan va hukumat tomonidan bir ovozdan ma’qullangan qarorda Usmonli imperiyasi davrida armanlar qatliom qilingani qayd etilgan.

«Jiddiy zarba»: Netanyaxu Isroil va Livan kelishuvni olqishladi

28/06, 14:25

Isroil Bosh vaziri Isroil, Livan va AQSh o‘rtasida imzolangan uch tomonlama kelishuvni tarixiy voqea deb atadi. Qayd etilishicha, hujjat ikki qo‘shni davlat o‘rtasida uzoq yillardan beri davom etayotgan mojaroga barham berish va kelgusida to‘liq tinchlik shartnomasini imzolash uchun huquqiy asos yaratishga qaratilgan.

Netanyahu jazavaga tushdi – sabab ma’lum

23/06, 21:09

Livan bo‘yicha bitimning muayyan bir qismi Isroil bosh vazirini Eron yadro qurolidan ham ko‘ra qattiqroq xavotirga solyapti.

Livandagi sulh xavf ostida: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopganini e’lon qildi

20/06, 19:05

Tehron bu qarorni AQSh tomonidan o‘zaro anglashuv memorandumi bo‘yicha majburiyatlar bajarilmagani va Isroilning Livandagi harakatlari bilan izohlamoqda.

AQSh rasmiysi: Isroil va «Hizbulloh» kelishuvga erishdi

19/06, 19:01

Isroil va Livanning «Hizbulloh» harakati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda AQShning yuqori lavozimli amaldorlaridan biri ma’lum qildi.

Isroil TIV rahbari Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas bilan aloqalarni uzdi

19/06, 07:58

Bunga Kallasning matbuotda paydo bo‘lgan va go‘yoki Isroilni aparteid davridagi Janubiy Afrika Respublikasi bilan taqqoslagan bayonoti sabab bo‘ldi.

Lukashenko Isroilning Livandagi harakatlarini Holokostga mengzadi

18/06, 17:32

Belarus rahbari, shuningdek, AQShning Eron bilan bog‘liq mojaroga aralashishini ham tanqid qilib, Vashington bu borada jiddiy xatoga yo‘l qo‘yganini ta’kidlagan.

Isroil vaziri Trampga qarshi keskin bayonot berdi

15/06, 21:41

Itamar Ben-Gvir Falastin xalqiga qarshi radikal bayonotlari bilan otning qashqasidek tanilgan.

Netanyaxu: Isroil qo‘shinlari Livanni tark etmaydi

15/06, 17:24

Ynet nashrining manbalariga tayanib xabar berishicha, Netanyaxu AQSh va Eron o‘rtasida muhokama qilinayotgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga qaramasdan, Isroil armiyasi Livandagi hozirgi pozitsiyalarini saqlab qolishini aytgan.

Dunyo ahli ko‘z o‘ngida ro‘y berayotgan jinoyat

14/06, 21:38

Amnesty International tahlilariga ko‘ra, 2023-yilning yanvaridan 2026-yilning apreliga qadar asosan badaviy va chorvadorlardan iborat kamida 117 ta Falastin jamoasi to‘liq yoki qisman ko‘chirilgan.

Tramp: Isroil va Eron o‘t ochishni to‘xtatishga intilmoqda

08/06, 16:59

AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, Isroil va Eron o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish hamda tinchlikka erishish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Isroil Eron hududiga javob zarbalari berdi

08/06, 15:38

Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning g‘arbiy va markaziy hududlaridagi nishonlarga havo zarbalarini amalga oshirdi.

Husiylar Isroil kemalari uchun Qizil dengizni yopganini e’lon qildi

08/06, 12:29

Harakat bayonotida bunday kemalar endi «qonuniy harbiy nishon» sifatida baholanishi aytildi.

Eron Livan sabab Isroilga zarba yo‘lladi: tafsilotlar

08/06, 09:54

Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, Eron hujumida hech kim jabrlanmagan va u mojaro yanada avj olmasligiga umid qilmoqda.

Isroil bo‘ylab qator otishmalar yuz berdi

07/06, 20:03

Natijada bir kishi qurbon bo‘lgan, jabrlanganlar ham bor.

Isroil va Livan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishdi – Oq uy

04/06, 15:00

Isroil, Livan va AQSh o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Bu haqda Oq uy tomonidan e’lon qilingan qo‘shma bayonotda ma’lum qilindi.

«Sen aqldan ozgansan» – Tramp Netanyaxuni Livan borasida keskin tanqid qilgan

02/06, 10:29

Bu haqda Axios manbalariga tayanib xabar berdi.

Isroil BMT bosh kotibi bilan aloqani uzdi

29/05, 11:53

BMT Isroilni jinsiy zo‘ravonlikdan urush quroli sifatida foydalanayotgan davlatlar safiga kiritdi.

Isroil bu yil ham G‘azo ahlining Hajga borishiga to‘sqinlik qildi

26/05, 07:23

Isroil G‘azoga 2007-yildan buyon tatbiq etib kelgan qamal siyosati sabab quruqlik, havo va dengiz orqali ish, o‘qish yoki ziyorat uchun hududdan chiqish amrimahol bo‘lib kelgan. Urushdan keyin esa sektorni tark etish butunlay imkonsiz bo‘lib qoldi.

Yevropa davlatlari Isroil vaziriga jazo talab etmoqda

22/05, 20:19

Binyamin Netanyahu ma’muriyatida milliy xavfsizlik vaziri lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Itamar Ben-Gvir Falastin xalqiga qarshi radikal bayonotlari bilan otning qashqasidek tanilgan.

Xorvatiya prezidenti Isroilning yangi elchisini tasdiqlashdan bosh tortdi

19/05, 15:23

Zoran Milanovich amaldagi Isroil hukumati olib borayotgan siyosatdan norozi. U avval ham Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyasini bir necha bor tanqid qilgan.

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Isroilning 5 nafar amaldoriga order so‘ragan – Haaretz

18/05, 15:07

Xalqaro jinoyat sudi (XJS) bosh prokurori Karim Xon Isroilning bir qator yuqori lavozimli amaldorlariga nisbatan hibsga olish orderlari so‘ragani haqida xabarlar tarqaldi. 

Urush qaytadan boshlanadimi? Netanyahu Tramp bilan gaplashdi

18/05, 12:11

AQSh va Isroil Eronga yangi zarbalar berishga tayyorgarlikni kuchaytirayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Isroil HAMASning yuqori darajali qo‘mondonini nishonga oldi

16/05, 17:27

Isroil harbiylari G‘azo sektorida HAMASning «Al-Qassom» brigadasi rahbarlaridan biri Izz ad-Din al-Haddadga qarshi aviahujum amalga oshirdi.

Ispaniya Isroil g‘azabiga uchragan Lamin Yamalni yolg‘izlatib qo‘ymadi

15/05, 20:42

Isroil vaziri BMT rezolyusiyalariga muvofiq suveren davlat maqomiga ega hamda dunyoning 160 ga yaqin mamlakati tan olgan Falastin bayrog‘ini hilpiratish nega terrorizmni qo‘llash deb hisoblanishi kerakligiga oydinlik kiritmagan.

Isroilni deb besh mamlakat «Yevrovideniye-2026»da qatnashishdan bosh tortdi

12/05, 06:44

Bugun Avstriya poytaxti Venada «Yevrovideniye» 70-tanloviga start beriladi.

Isroilning «nozik nuqtasi» topildi

11/05, 09:58

AQShning bir guruh kongressmenlari prezident Donald Tramp ma’muriyatini Isroil yadro quroliga ega ekanini rasman tan olishga chaqirdi.

Isroil armiyasida askarlarning o‘z joniga qasd qilishi keskin ko‘paydi

30/04, 21:51

Suitsidlar soni oshib borayotgani G‘azo urushi oqibatlari, harbiy xizmatchilarning ruhiy yuki va mudofaa vazirligi tomonidan harbiylarga psixologik ko‘mak qisqargani bilan izohlangan.

«Isroil o‘g‘irlangan donlarni sotib olyapti»: Ukraina va YeI Isroilga qarshi sanksiya qo‘llamoqchi

29/04, 15:21

Isroil portida Ukrainaga tegishli don atrofida yuzaga kelgan bahs xalqaro miqyosda yangi siyosiy va iqtisodiy tortishuvga aylanmoqda. Yevropa Ittifoqi, Ukraina va Isroil o‘rtasidagi pozitsiyalar farqi bu masalani yanada murakkablashtirmoqda.

Qozog‘iston «Ibrohim kelishuvlari»ga qo‘shilishini tasdiqladi

28/04, 13:02

Isroil prezidenti Isxak Gersog Qozog‘istonga rasmiy tashrif bilan keldi. Astanada uni prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev rasmiy marosim bilan kutib oldi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat delegatsiyalari a’zolarini tanishtirdi, davlat gimnlari yangradi.

Yana