Migratsiya agentligi Janubiy Koreyaga ishga joylashtirish xizmatini besh baravar arzonlashtirdi
Janubiy Koreyaga E-9 vizasi bo‘yicha ishga joylashtirish xizmati narxi 50 BHMdan 10 BHMgacha pasaytirildi. Boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ham yangi tariflar joriy etildi.
Janubiy Koreya Ukrainadan diplomatlarini chaqirib olmoqda
Bunga ikki davlat o‘rtasida shimoliy koreyalik harbiy asirlar sabab yuzaga kelgan diplomatik mojaro turtki bo‘lgan.
Ukraina va Janubiy Koreya o‘rtasida gap qochdi
O‘zaro ixtilof joriy yil 23-sentyabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning BMT Bosh assambleyasidagi nutqidan keyin paydo bo‘ldi.
Koreyadagi «O‘zbekiston madaniyati kunlari»da qator o‘zbek san’atkorlari chiqish qildi (foto)
16–17-sentyabr kunlari Seul shahridagi Sejong Art Center majmuasida madaniyat kunlarining tantanali ochilish marosimi va konsert dasturi o‘tkazildi. Shuningdek, «O‘zbek madaniyati fasllari» foto va milliy liboslar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston prezidentining Tonggi tarovat yurtiga tashrifi samimiy uchrashuv va suhbatlarga boy bo‘ldi (foto)
Birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammiti doirasida davlatimiz rahbari mintaqa davlatlari rahbarlari bilan muloqot qilib, ikki tomonlama munosabatlar va hamkorlikning yangi rejalarini muhokama qildi.
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston — Koreya biznes forumidagi asosiy fikrlari
Koreya investorlariga transport va shahar infratuzilmasi sohasidagi loyihalar – Yangi Toshkentdagi obyektlar, aeroportlar, temir yo‘llar, avtomobil magistrallari va logistika markazlari taklif etildi.
O‘zbekiston bayrog‘i Seul osmonida (foto)
15 sentyabr kuni Seul osmonida o‘zgacha manzara kuzatildi — O‘zbekiston bayrog‘ining moviy, oq va yashil ranglaridagi dirijabl Koreya Respublikasi poytaxti uzra parvoz qildi.
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi spikeri bilan uchrashdi
2027-yilda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 35 yilligi munosabati bilan “parlament diplomatiyasi” yo‘nalishida bir qator tadbirlar o‘tkazishga kelishib olindi.
O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi
Muzey ekspozitsiyasi orqali besh asrdan ortiq vaqt davomida Koreya siyosiy va madaniy hayotida alohida o‘rin tutib kelgan Choson qirollik sulolasining ko‘p asrlik tarixi va boy madaniy merosi bilan tanishish mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti qarorgohida tantanali kutib olindi
Oliy martabali mehmon sharafiga Faxriy qorovul saf tortdi. Ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladilar.
O‘zbekiston va Koreya alohida strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Seul shahrida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan tor doirada va rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev Seuldagi Milliy yodgorlik majmuasiga bordi
Prezident Xotira ustuni poyiga gulchambar qo‘ydi hamda Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.
Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida Seulga keldi (foto)
Koreya Harbiy-havo kuchlari aviabazasida oliy martabali mehmonlarni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shundan so‘ng Shavkat Mirziyoyev ushbu mamlakatda mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan vatandoshlar bilan uchrashdi.
Oilaviy ajrim milliarderga salkam 2 mlrd dollarga tushdi
Sud Janubiy koreyalik boyga 1,9 mlrd dollar to‘lash talabini qo‘ydi.
19 nafar qidiruvdagi o‘zbekistonlik Janubiy Koreyada yashirinib yuribdi — politsiya
Fuqaroligi bo‘yicha mamlakatdagi eng ko‘p qidiruvdagilar Xitoy fuqarolari bo‘lib, o‘zbekistonliklar bu borada ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Sun’iy intellektdan foydalanish endi barcha uchun bepul bo‘ladi
Yangi xizmat oddiy savollarga javob beradigan chatbot bilan cheklanmaydi. U fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanish, turli imtiyoz va imkoniyatlar haqida ma’lumot olishda yordam beradigan AI agent sifatida ham ishlashi kutilmoqda.
Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar uchun ish joyini o‘zgartirish tartibi yengillashtirildi
Endi Ye-9 vizasi asosida mehnat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari ish joyini o‘zgartirish uchun Migratsiya agentligidan ruxsat olishi shart emas.
Janubiy Koreya KXDRga muhim taklif bilan chiqdi: tafsilotlar
Janubiy va Shimoliy Koreya rasman urush holatida qolmoqda. 1950-1953-yillardagi Koreya urushi sulh bilan yakunlandi, ammo ikki tomon o‘rtasida hech qachon tinchlik shartnomasi imzolanmagan.
Angrenda «Koreya orzusi» sarobga aylandi
Fuqaro N.M. fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, uni go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Janubiy Koreya davlatiga ishga yuborishini va’da qilib, 5 900 AQSh dollarini olgan.
Ishdan ketish – 2 ming dollar: Koreyadagi o‘zbeklar shartnomasidagi bahsli band
Mahalliy ma’muriyat, ish beruvchi kompaniya va Koreya Mehnat vazirligi vakillari shartnoma O‘zbekiston hududida tuzilgani sabab uning jarima bilan bog‘liq shartlariga bevosita aralashish vakolati cheklanganini ma’lum qilgan.

