Jinoyat kodeksiga mualliflik huquqi va turdosh huquqlar buzilishiga doir yangi moddalar qo‘shiladi
Bu borada tegishli qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Yana bir xonanda shoirga katta miqdorda tovon puli to‘laydi
Xonanda Mirodil Hakimov mualliflik huquqini buzganligi uchun farg‘onalik shoirga jami 140 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘laydi.
Nima uchun kafelar Hamdam Sobirovning qo‘shig‘ini qo‘ya olmaydi?
Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (kafe) tomonidan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan 60 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilgan edi.
mualliflik huquqini buzgan qo‘shiqchilar reytingi e’lon qilindi
Mualliflik huquqini buzgan san’atkorlar reytingi (tovon puli miqdoriga ko‘ra) e’lon qilindi.
Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyevni sudga berishdi
Xonanda she’rdan ruxsatsiz foydalangani uchun mualliflik huquqini buzganlikda ayblanmoqda.
Bir guruh xonandalar javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari xalq artisti Bobomurod Hamdamov ijrosidagi qo‘shiqlar muallif ruxsatisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora ko‘rish to‘g‘risidagi murojaat Adliya vazirligi tomonidan ko‘rib chiqildi.
So‘m ramzi o‘g‘irlangan hisoblanmaydi – Adliya vazirligi
Ijtimoiy tarmoqlardagi O‘zbekiston milliy valyutasi – «so‘m»ning ramzi va Fransiyaning «IN-CORE systems» kompaniyasi logotipidan o‘g‘irlab olinganligi haqidagi xabarga Adliya vazirligining munosabati e’lon qilindi.
mualliflik huquqini buzayotgan saytlar «ro‘yxat»ga tushadi
«Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ–221-son, 26.04.2022-y.) qabul qilindi.
Sanjayga «Karvon» qo‘shig‘i qimmatga tushdi
Mualliflik huquqini buzgan Sanjay shoirga jami 94 million so‘m miqdorida tovon puli va ma’naviy zarar to‘lashi lozimligi sudning qarori bilan tasdiqlandi.
Shoir Bobur Bobomurod «Farhod va Shirin» bilan sudlashadi
S.F. hamda Z.Sh. tomonidan muallif B.Bobomurodovga tegishli bo‘lgan «Qalbim bahori», «Hayot» nomli she’riy asarlarni muallif bilan hech qanday shartnoma tuzilmasdan huquq egasining ruxsatisiz barchaning e’tiboriga yetkazilganligi va omma oldida ijro etilganligi aniqlangan.
Zulfiqor Musoqov tegishli organlarga murojaat qildi
Taniqli kinorejissyor Zulfiqor Musoqov mualliflik huquqi buzilishi holatlari yuzasidan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlarga murojaat qildi.
Qo‘shiqchi Sanjay sud qarori bilan jazoga tortildi
Sanjay tahallusi bilan ijod qilayotgan xonanda Javberdiyev Sanjar shoir Usmon Azimning she’ridan ruxsatsiz foydalanganligi sababli Ma’muriy sud tomonidan javobgarlikka tortish masalasi ko‘rib chiqilgani xabar berilgan.
Yana bir qonun kuchga kirdi
Qonun (O‘RQ–709-son, 20.08.2021 y.) bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
YouTubeda «tez filmlar» «janri» paydo bo‘ldi: mualliflari qamoqqa olindi
Kinokompaniyalar 10 daqiqalik «tez filmlar» ko‘payib ketayotganidan qattiq tashvishda: ularni tomosha qilganlar asil kinoasarlarni ko‘rmay qo‘yishyapti.
Sanjay Sherali Jo‘rayevning qo‘shig‘ini uning ruxsatisiz kuylagani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi
Qonunning tegishli moddalarida muallif huquqlari aniq keltirilgan.
Bir xonanda ikkinchi xonandani sudga berdi
Ma’muriy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqish uchun Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tuman ma’muriy sudiga bayonnoma kiritilgan.
Qo‘shiqchi Sanjayning «ishi» sudga oshirildi
Qo‘shiqchi Sanjayga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishliligi bo‘yicha sudga yuborilgan.
O‘zbek kinolarini tarqatgan «qaroqchi» javobgarlikka tortildi
«O‘zbekkino» Milliy agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati bilan birgalikda veb-resurs ustidan sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.
«Shaytanat» serialidan zig‘ir oshi reklamasida foydalangan fuqaro jarimaga tortildi
«Shaytanat» filmidan parchalarni hajviy tarzda dublyaj qilib, mualliflik huquqini poymol qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi.
DTM test to‘plamlarini kontrafakt holatda tarqatayotganlarni qattiq ogohlantirdi
Davlat test markazi test to‘plamlariga kiritilgan barcha materiallar markazning intellektual mulki hisoblanishini eslatdi.