Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Sobiq prokuror Ixtiyor Kalonov: «Oqlanishni istayman»

13/03/2021

Xalqimizda «O‘t balosidan, suv balosidan tuhmat balosidan asrasin», degan ko‘hna maqol bor. Bu balolarning baloligi shundaki qutulish mushkul. Barcha falokatlar o‘z domiga katta kuch bilan tortib ketadi, qanchadan-qancha musibat keltiradi, qalbda o‘chmas dog‘ qoldiradi, insonga aziz bo‘lgan sog‘lig‘idan, kelajagidan, orzularidan ayiradi.

Sobiq MXXchi Nodir To‘raqulov va uning qudasiga tegishli «zapravka»ga yangi ega chiqdi

21/12/2019

O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining tegishli hukmiga ko‘ra, sobiq MXX xodimi N.To‘raqulov va uning qudasi E.Norqobilov tomonidan jinoiy faoliyatidan olingan daromadlarni legallashtirish orqali orttirilgan mulklar birin-ketin sotuvga quyilayotgani haqida xabar bergandik.

O‘g‘li MXXda ishlagan Ahmadjon Odilov haqida kitob chiqdi

13/12/2019

U haqda eshitishgan, bilishgan, biroq asl haqiqatni hamma ham anglayvermagan. Turli gap-so‘zlar, mish-mishlar, ovozalar tarqalgan. Uning nomidan ayrimlar vahimaga, g‘ulg‘ulaga tushgan. Kim o‘zi bu shaxs? Nima uchun uning suronli yillari panjara ortida o‘tdi? Shu qadar ziddiyatli odam edimi? Qaysi jinoyatlari uchun yigirma uch yil qamoqda yotdi?

Besh yarim yil nohaq «o‘tirgan» sobiq MXX xodimasi hamon adolat istaydi

07/07/2019

Hatto Bosh prokuratura tomonidan uning noqonuniy jinoiy javobgarlikka tortilishi holati yuzasidan surishtiruv o‘tkazilib, Jinoyat kodeksining 230-moddasi 2-qismi (aybsiz kishini javobgarlikka tortish) bilan «delo» ochilib, ko‘p o‘tmay bekor qilingan. Yana uni yetti yilga «kesib yuborgan» sudya viloyatdan respublikaga ko‘tarilgani xususida uzuq-yuluq gaplar bor...

«Ozodlik» xodimlari o‘zlarini MXXdan deb tanishtirib...

16/05/2019

Kuni-kecha ijtimoiy tarmoqlarda «Ozodlik» radiosi muxbirlarining aldov yo‘li bilan ma’lumot olayotgan videosi tarqaldi.

MXX sobiq xodimi nolasi: «Onamni kim qaytarib beradi?»

25/01/2019

M.G‘ofurova MXXning viloyat boshqarmasi boshlig‘i bilan gap talashib qolgan va tuhmatga uchragan. Jinoiy ish ochilib, guvohlarni unga qarshi ko‘rsatma berishga majburlashgan.

Sobiq MXX tergovchisi Nodir To‘raqulov 16 yilga qamaldi

09/01/2019

Aytilishicha, To‘raqulov qamoq jazosidan tashqari eng kam ish haqining 400 baravari (81 092 000 so‘m) miqdorida jarimaga ham tortilgan.

MXXning tergov boshqarmasi sobiq boshlig‘i qidiruvga berildi

31/07/2018

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq tergov boshqarmasi boshlig‘i Oleg Busiginga nisbatan qidiruv e’lon qilgan.

Sud tadbirkorni oqladi, mol-mulkini qaytarish to‘g‘risida hukm chiqardi, ammo nega mulklar qaytarilmayapti?

18/04/2018

9 oy davomida MXX tezkor vakili mayor J.R., Toshkent shahar MXX vakili H. ismli xodim va Yunusobod MXX tezkor vakili Sh. ismli mayor mendan pul talab qilib, agar aytgan pullarini bermasam, boshimga bundan battar savdolar tushishini aytib qo‘rqitishdi. Mendan pul ololmagach, mansab vakolatlaridan foydalangan holda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga bosimni kuchaytirishdi.

Yana Farg‘ona: mulk, hokim, MXX...

11/04/2018

Muammo yechim topadiganday edi. Axir shikoyati yuzasidan fuqaroning uyiga viloyatning birinchi rahbari shaxsan keldi, ko‘nglini ko‘tardi, yupatdi, pirovardida va’dani quyuq qildi: «...yana yozuv-chizuv qilib yurmanglar, hammasini hal qilamiz...».

Yana