Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Pokiston Afg‘onistonga hujum qildi: halok bo‘lganlar bor

29/06, 15:07

Pokiston xavfsizlik kuchlari Afg‘oniston bilan chegara hududida o‘tkazilgan quruqlik va havo amaliyotlari davomida kamida 29 nafar jangari yo‘q qilinganini ma’lum qildi. «Tolibon» esa havo hujumlari oqibatida kamida 38 nafar tinch aholi halok bo‘lganini bildirdi.

Pokistondan Jizzaxdagi texnikumga bepul tibbiy jihozlar topshirildi

27/05, 17:33

Kompaniya direktori Abdulla Amjad elchixonaga 10 turdagi zamonaviy tibbiy asbob-uskunani grant sifatida taqdim etdi.

Pokistonda mudhish hodisa: poyezd halokatida salkam ellik kishi halok bo‘ldi

25/05, 16:03

Hodisa 24-may kuni mamlakatning janubi-g‘arbiy Balujiston viloyatidagi Kvetta shahrida sodir bo‘lgan.

Pokistonda mikroavtobus 11 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

25/05, 14:10

Halokat mikroavtobus haydovchisining ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqan.

Pokiston Saudiyaga bergan va’dasining ustidan chiqdi

20/05, 19:00

Pokiston musulmon olamida yadro quroliga ega yagona mamlakat sanaladi. Tahlilchilarga ko‘ra, mudofaa bitimi Saudiya Arabistoni ham Pokiston yadro shamsiyasi ostiga olinganidan dalolat beradi.

Pokistonda politsiya punktiga hujumda 12 kishi halok bo‘ldi

10/05, 18:11

Hujum xudkush terrorchi nazorat punktiga bomba yuklangan mashinani urib yuborganida boshlangan.

Erondan AQShga yangi taklif: muzokaralar ikki bosqichga bo‘linishi mumkin

27/04, 14:52

OAV ma’lumotiga ko‘ra, Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni to‘xtatish bo‘yicha AQShga yangi taklif yo‘llagan. Taklifda yadroviy muzokaralarni keyingi bosqichga qoldirish nazarda tutilgan.

Pokiston-Afg‘oniston: vaziyat qay darajada murakkab?

18/04, 22:51

Dunyo hamjamiyati e’tibori Rossiya-Ukraina urushi, Yaqin Sharqdagi Isroil-Falastin mojarosi hamda Eron va AQSh–Isroil o‘rtasidagi keskinlikka qaratilgan bir paytda, mintaqaviy xavfsizlikning muhim nuqtasi bo‘lgan Pokiston va Afg‘oniston munosabatlari ham e’tibordan chetda qolayotgani yo‘q.

AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh bugundan kuchga kirishi mumkin

06/04, 13:13

AQSh va Eron o‘rtasida urushni to‘xtatish bo‘yicha yangi reja ishlab chiqildi. Reuters agentligi manbalariga tayanib, ushbu kelishuvning bugun – dushanba kunidan kuchga kirishi va u Ho‘rmuz bo‘g‘ozini qayta ochishni nazarda tutishi haqida yozmoqda.

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasida vositachilik taklif etdi

24/03, 21:37

23-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Eron bilan muzokaralar o‘tkazilishini e’lon qildi, shundan so‘ng u Eronning energetika inshootlariga hujumlarga besh kunlik moratoriy joriy qildi.

Shavkat Mirziyoyev va Shahboz Sharif o‘rtasida telefon muloqoti bo‘lib o‘tdi

20/03, 17:42

Ikki davlat yetakchilari butun musulmon ummati uchun muqaddas bo‘lgan Ramazon hayiti – Iyd al-Fitr va qutlug‘ Navro‘zi olam bayramlari munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutladilar. Do‘st O‘zbekiston va Pokiston xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va davomiy ravnaq tilaklari izhor etildi.

Afg‘oniston va Pokiston Ramazon hayiti sabab sulh e’lon qildi

18/03, 21:48

Pokiston hukumati vakili Turkiya, Saudiya Arabistoni va Qatar urushayotgan davlatlarga vaqtinchalik sulh e’lon qilish uchun murojaat qilganiga aniqlik kiritdi.

Pokiston Kobulga havo hujumi uyushtirdi: 400 dan ortiq qurbon haqida xabar berildi

17/03, 11:17

Afg‘oniston hukumati Kobuldagi narkologik reabilitatsiya markaziga qilingan aviahujum oqibatida kamida 400 kishi halok bo‘lgani, yana 250 nafar yaralanganini ma’lum qildi.

Pokiston Qandahor aeroporti yaqinidagi yoqilg‘i omborlariga aviazarba bergani aytilmoqda

14/03, 12:00

Pokiston harbiy aviatsiyasi Afg‘onistonning Qandahor shahri aeroporti yaqinida joylashgan Kam Air kompaniyasining yoqilg‘i omborlariga zarba bergani haqida xabarlar tarqaldi.

O‘zbekiston Pokiston va Afg‘oniston to‘qnashuvi bo‘yicha xavotir bildirdi

27/02, 20:50

Biz tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlardan tiyilishga chaqiramiz, deyiladi bayonotda.

Pokiston-Afg‘oniston: vaziyat «ochiq urush» bosqichiga o‘tmoqda

27/02, 15:28

Pokiston qo‘shinlari tun davomida Afg‘onistonning yirik shaharlari — Kobul va Qandahorda Tolibon hukumatiga tegishli harbiy ob’yektlarga havo zarbalari berdi. Bu Islomobodning avvalgi ittifoqchisi hisoblangan Tolibonga qarshi ilk to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumi sifatida baholanmoqda. Pokiston rasmiylari vaziyatni «ochiq urush» deb atadi.

Qurolli to‘qnashuvda 133 nafar afg‘on harbiysi halok bo‘ldi – Pokiston hukumati

27/02, 10:47

Pokiston Bosh vazirining xorijiy ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha vakili Musharraf Zaidiy chegaradagi to‘qnashuvlarda afg‘on jangchilari orasida halok bo‘lganlar soni 133 kishiga yetganini, 200 dan ortiq odam esa yaralanganini iddao qildi.

O‘zbekistonga 2025-yilda 18 752 nafar Pokistonlik keldi

07/02, 13:30

Pokistonlik turistlar soni bir yil oldingiga qaraganda 3,4 barobar ko‘paygan.

Islomobodda juma nomozi paytida portlash yuz berdi: kamida 31 kishi halok bo‘lgan

06/02, 16:42

Pokiston poytaxti Islomobodda joylashgan Xadijat-ul Kubro masjidi yaqinida sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 31 kishi halok bo‘ldi, yana 169 nafar odam turli darajadagi tan jarohatlari oldi. Bu haqda mahalliy hokimiyatlarga tayanib Dawn nashri xabar berdi.

Pokistonga davlat tashrifi yakuniga yetdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi

06/02, 16:22

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Pokiston Islom Respublikasiga davlat tashrifining tadbirlarga boy dasturi yakuniga yetdi.

Yana