Putin razvedkani tanlashiga kino sababchi bo‘lgan
Kino bosh qahramonga taqlid qilish istagi uning kasbini ham ommalashtirishga hissa qo‘shishi mumkin.
Putin Trampga va’da berdi
AQSh prezidenti Donald Tramp rossiyalik hamkasbi Vladimir Putindan qahraton sovuq munosabati bilan Kiyev hamda Ukrainaning boshqa shaharlarini o‘qqa tutmaslikni so‘radi.
Zelenskiy Shveysariyada Tramp bilan muzokara o‘tkazadi. Uitkoffni esa Moskvada kutishyapti
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Jahon iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tayotgan Shveysariyaga yetib keldi. AQSh prezidenti Donald Tramp bilan rejalashtirilgan uchrashuv mahalliy vaqt bilan taxminan soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan 17:00) boshlanishi kutilmoqda.
Tinchlik kelishuvi Zelenskiy sabab kechikyapti – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatishga qaratilgan ehtimoliy tinchlik kelishuvi Rossiya emas, balki Ukraina tomonidan kechiktirilayotganini bildirdi.
Putinni ulug‘lash borasida yangi taklif ilgari surildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat tarixida o‘tgan Ivan III, Pyotr I, Yekaterina II singari hukmdorlardek “buyuk” sifatiga loyiqdir
Moskva Kiyevni Putin qarorgohiga hujumda ayblayapti. Bu Kiyevga hujum uchun bahona bo‘lishi mumkin
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina Rossiya prezidentining Novgorod viloyatidagi Valdayda joylashgan davlat qarorgohiga dronlar yordamida hujum qilganini da’vo qildi. Biroq Lavrov bu da’volarga hech qanday dalil keltirmagan.
Tramp: «Putin Ukraina muvaffaqiyatga erishishini istaydi»
28-dekabr kuni Floridada bo‘lib o‘tgan Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi muzokaralardan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida AQSh prezidentiga Rossiyaning urushdan keyingi Ukraina tiklanishidagi javobgarligi muhokama qilingan-qilinmagani haqida savol berildi. Ma’lumki, Tramp muzokaralardan oldin Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan edi.
Tramp va Zelenskiy «tinchlik rejasi»ning 90–95 foizini kelishib oldi
AQSh va Ukraina Florida shtatining Mar-a-Lago qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tinchlik rejasining asosiy qismi bo‘yicha kelishuvga erishgan. AQSh prezidenti Donald Tramp va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, rejaning 90–95 foizi kelishilgan, ammo Donbass masalasi hozircha hal etilmagan.
Rossiyada 2026-yilga nom berildi
Putin 2027-yilga ham nom topib qo‘ygan.
Maxfiy hujjatlar Putinning chorak asr avvalgi da’vosini o‘rtaga chiqardi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2001-yildayoq Ukrainaga ko‘z tikkan, Qozog‘iston va Kavkazga nisbatan hududiy da’vo bilan chiqqan. Jorj Vashington universiteti (AQSh) huzuridagi Milliy xavfsizlik arxivi saytida chop etilgan maxfiylikdan chiqarilgan stenogrammalar ana shundan dalolat beradi.
Ilhom Aliyevning Rossiyaga kelmagani sababi ochiqlandi
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil 22 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan norasmiy MDH sammitida qatnashmagani OAV va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokama etilmoqda.
Putin o‘quvchi Qobiljonning o‘limi sabab Emomali Rahmonga hamdardlik bildirdi
Unga maktabda hozirda hibsda bo‘lgan 15 yoshli to‘qqizinchi sinf o‘quvchisi pichoq bilan hujum qildi.
AQSh razvedkasi Putinning yashirin rejasidan ogohlantirdi
AQSh razvedkasi Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tajovuzkor yashirin rejasidan ogohlantirmoqda.
Putin Ramzan Qodirovni o‘rnak qilib ko‘rsatdi
Rossiya aholisi yil sayin kamayib bormoqda.
Putin: «O‘g‘irlashsa – qaytarishga majbur bo‘lishadi»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropa Ittifoqi davlatlarida muzlatib qo‘yilgan Rossiyaga tegishli moliyaviy mablag‘larni olib qo‘yish rejalariga munosabat bildirdi.
Putinga qarshi chiqishga jur’at qilgan yagona amaldor
Vladimir Putinning bosqin rejasini Kremldagi barcha mansabdorlar bir ovozdan qo‘llab-quvvatlamagan.
«Yevropalik cho‘chqachalar...» – Putin Ukrainaga yangi hujumlar bilan tahdid qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qarshi yangi harbiy zarbalar berish mumkinligini bildirdi. Uning aytishicha, agar Kiyev va G‘arb davlatlari hozir olib borilayotgan tinchlik muzokaralarida Rossiya qo‘ygan talablarni qabul qilmasa, Moskva frontdagi harakatlarini davom ettiradi.
Putin: «Tinchlik rejasi Alyaskadagi kelishuvlarga asoslangan»
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvada AQSh maxsus vakili Stiv Uitkoff va Donald Trampning siyosiy maslahatchisi Jared Kushner bilan o‘tkazilgan muzokaralar haqida birinchi marta batafsil ma’lumot berdi. Uning aytishicha, uchrashuv «ancha uzoq davom etgan», chunki tomonlar Tramp taklif qilgan tinchlik rejasi bo‘yicha har bir bandni alohida muhokama qilishga majbur bo‘lgan.
Kreml: AQSh bilan Ukraina bo‘yicha muzokaralarda murosaga erishilmadi
Moskvada AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff va Jared Kushner ishtirokida o‘tgan besh soatlik muzokaralardan so‘ng Kreml muzokaralar «yaxshi ruhda o‘tganini» bildirdi, ammo asosiy masalalar bo‘yicha kelishuv hozircha yo‘q.
Putin qanday holatda Yevropa bilan urush boshlanishi mumkinligini aytdi
2-dekabr kuni Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Yevropa Ittifoqi (YeI) Rossiya bilan urushga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. U alyansning 2029-yilgacha to‘liq jangovar shaylikka erishishi kerakligi ko‘rsatilgan strategik hujjatlarini keltirib o‘tdi.
Stiv Uitkoff Moskvada: u Putin bilan Ukraina bo‘yicha muzokara o‘tkazadi
AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff Vnukovo aeroportiga kelib qo‘ndi. U uchib kelgan Global 7500 xizmat samolyotida, katta ehtimol bilan, Trampning quyovi Jared Kushner ham bo‘lgan.
Putin KXShTni NATOga muqobil kuchli harbiy blokka aylantirmoqchi
Putin Bishkekda bo‘lib o‘tgan KXShT sammitida tashkilotning harbiy qudratini yangi bosqichga olib chiqish niyatini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, Moskva KXShTni NATOga nisbatan muvozanatni saqlaydigan kuchli xavfsizlik blokiga aylantirishni maqsad qilgan.
Tramp Putin rejasiga ergashyapti – yevrodeputat
Estoniyalik yevrodeputat, general-leytenant Rixo Terras Yevropadagi siyosiy muhit va Ukrainaga oid AQSh taklif qilayotgan tinchlik rejasi haqida qattiq tanqidiy fikrlar bildirdi.
Putin KXShT kuchlarini rus qurollari bilan qurollantirmoqchi
Putin Bishkeκda bo‘lib o‘tgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) sammitida bir qator muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Uning ta’kidlashicha, KXShT hozirgi murakkab geosiyosiy sharoitda Yevraziya makonida barqarorlik va xavfsizlikni kafolatlovchi asosiy struktura bo‘lib qolmoqda.
Zelenskiyga AQSh rejasi yoqmasa, jang qilishda davom etishi mumkin — Donald Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy taklif etilgan «tinchlik rejasi»ni qabul qilmasa, Ukrainadagi urush davom etishini ma’lum qildi. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida aytdi.
Putin: «Amerika tomoni hujjatni Moskva bilan muhokama qilmagan»
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada mazkur tinchlik rejasining matni mavjud va Kreml uni Amerika ma’muriyati bilan mavjud kanallar orqali qo‘lga kiritgan.
OAV Putinning o‘nlab qarindoshlari muhim lavozimlarni egallab olgani haqida yozdi
"Ishga qabul qilinganlar" orasida prezidentning qizlari Mariya Voronsova va Katerina Tixonovaning oilalari, amakivachchalari Yevgeniy va Igor Putin hamda amakivachchalari Lyubov Shelomova va Lyubov Kruglova bor.
Maduro Rossiyadan harbiy yordam so‘radi. AQSh esa Venesuelaga qarshi kuch to‘playapti
Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Rossiya rahbari Vladimir Putinga havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash va bir necha Su-30 harbiy samolyotlarini ta’mirlash bo‘yicha yordam so‘rab murojaat qilgan. Bu haqda The Washington Post nashri AQSh hukumatining ichki hujjatlariga tayanib xabar berdi.
FT: Tramp va Putin uchrashuvi Moskva talablaridan so‘ng bekor qilingan
Financial Times nashri manbalariga ko‘ra, ushbu suhbatdan bir necha kun o‘tib, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Vashingtonga memorandum yuborgan. Unda Moskva Ukrainadagi urushning «asosiy sabablarini bartaraf etish» talabini ilgari surgan.
Путин янги ядровий сувости қуроли ҳақида эълон қилди
Россия президенти Мандрика ҳарбий клиник касалхонасида Украинадаги уруши ярадорларини кўриш пайтида "Посейдон" ҳақида гапирди.

