Ulug‘beklar yurtida MrBeast shov-shuvi, dunyo sahnasida esa o‘zbeklar g‘alabasi! Yoshlarimiz kimlarga ergashyapti?
Samarqand ko‘chalaridagi olomon, mashhur blogerni yaqindan ko‘rishga intilayotgan yoshlar... Dunyoga mashhur blogerning tashrifi nega minglab yoshlarni ko‘chaga olib chiqdi-yu, ilm-fan va tafakkur sohiblarining kelishi bunday qiziqish uyg‘otmayapti? Samarqanddagi voqea faqat internet yulduziga bo‘lgan qiziqish emas, balki zamonaviy jamiyatning qadriyatlari, yoshlar tarbiyasi va mashhurlik fenomeni haqida ham jiddiy savollarni o‘rtaga tashladi.
Samarqanddan Toshkentga yuqori kuchlanishli elektr tarmog‘i tortib kelinyapti
Samarqand viloyati Nurobod tumanida Saudiya Arabistonining ACWA kompaniyasi ishtirokida yirik energetika loyihasi amalga oshirilmoqda.
Samarqanddan Toshkentgacha yangi ikki zanjirli elektr uzatish tarmog‘i qurilmoqda
Tarmoq Samarqand, Jizzax, Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududidan o‘tadi.
«Shaxmat olamida yangi tarix yaratgan oltin avlod»: Prezident O‘zbekiston termasini tabrikladi
Yoqubboyevning hindistonlik Nihal Saringa qarshi bellashuvi haqiqiy dramatik jang bo‘ldi. Yangi O‘zbekiston vakilining eng qiyin vaziyatda nihoyatda topqirlik bilan qo‘llagan taktik yurishlarini ko‘rib, dunyo shaxmat muxlislari hayratdan qotib qoldi.
O‘zbekiston shaxmatchilari Armanistonni mag‘lub etib, yetakchilikni saqlab qoldi
Samarqandda o‘tayotgan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasining 10-turi O‘zbekistonning birinchi jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi.
Samarqandda o‘tgan saylovda FIDEning yangi prezidenti saylandi
Saylov Samarqanddagi 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi doirasida o‘tayotgan FIDE Kongressida bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston shaxmat olimpiadasida yakkapeshqadamga aylandi
Barchasi Nodirbek Yakubbayev hamda Nihol Sarin o‘rtasidagi jangda hal bo‘ldi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston jamoalari qanday natija ko‘rsatmoqda?
Barcha jamoalarimiz 3-tur o‘yinlarini o‘tkazdi.
Samarqand Markaziy Osiyo fuqarolik jamiyati institutlarini birlashtirgan muloqot maydoniga aylandi
Tadbir Xalqaro demokratiya kuniga bag‘ishlandi.
Samarqand viloyati hokimiga o‘rinbosarlar tayinlandi
Rustam Qobilov Samarqand viloyati hokimining yangi tashkil etilgan rasmiy delegatsiyalarning tashrifi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Butunjahon shaxmat olimpiadasi mash’alasi O‘zbekistonga keltiriladi
Hindistonda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi oldidan an’anaviy Mash’ala estafetasi marosimi bo‘lib o‘tdi.
Samarqandda «Energosavdo» bo‘limi muhandisi ushlandi
U 20 mln so‘mlik jarimani yo‘q qilib berish hamda yangi elektr hisoblagichni o‘rnatib, hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga pora talab qilgan.
Samarqandda 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasi boshlanadi
Musobaqada qariyb 400 ta terma jamoa, 4 mingdan ortiq shaxmatchi, murabbiy va delegatsiya a’zosi ishtirok etishi kutilmoqda.
Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylanadi
2026-yilning 21–22-oktyabr kunlari Samarqand shahrida «Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo‘l» mavzusida Butunjahon sammiti bo‘lib o‘tadi.
Toshkent va Samarqand «FAO»ning Yashil shaharlar tarmog‘iga qo‘shildi
Tarmoqqa qo‘shilish orqali bu ikki shahar yashilroq, sog‘lomroq, bardoshli va inklyuziv shahar muhitini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik qilayotgan global shaharlar hamjamiyatiga kirdi.
Mirziyoyev yosh parlamentariylarni «Avlodlar muloqoti» xalqaro kongressiga taklif qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tayotgan Parlamentlararo Ittifoqning XII Yosh parlament a’zolari butunjahon konferensiyasi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi.
O‘zbekistonda ilk bor bemorga bir vaqtning o‘zida jigar va buyrak ko‘chirib o‘tkazildi
Bemorda surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichi, shuningdek, gepatit C oqibatida rivojlangan jigar sirrozi aniqlangan.
Samarqand elektr tarmoqlariga 357 mln dollar sarmoya kiritiladi
Turkiya kompaniyasi viloyatdagi elektr tarmoqlarini boshqaradi va modernizatsiya qiladi.
Mobiuzning Buxoro va Samarqand viloyatlaridagi abonentlari har soniyada 6 gigabayt internet sarflamoqda
2026-yilning yetti oyi davomida Mobiuz ikki viloyatda 180 dan ortiq yangi 4G LTE standartidagi tayanch stansiyalarini ishga tushirdi.
Samarqand shahri hududi 17,2 ming gektarga kengaytiriladi
Hududlarni qayta tashkil etish orqali ayrim ma’muriy, kadastr va kommunal muammolar ham hal qilinadi. Xususan, ayrim joylarda binoning bir qismi Samarqand tumanida, qolgan qismi esa shaharda joylashgan holatlar mavjud.
Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari Samarqanddagi olimpiadada qatnashmaydi
Bahorda Norvegiya terma jamoasi qaydnomasiga kiritilgan Aryan Tari va Yon Ludvig Hammer ham musobaqada qatnashishdan bosh tortgan.
Elektr ta’minoti korxonasi rahbari pora olayotganda ushlandi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 20 ming AQSh dollari talab qilgan shaxs ham qo‘lga olingan.
Samarqand-2028 giperspektral sun’iy yo‘ldoshi qachon orbitaga uchiriladi?
Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengiz start platformasidan Samarkand-2028 va Lampung-1 giperspektral sun’iy yo‘ldoshlari orbitaga uchiriladi.
Samarqandda 44 nafar «zakladchik» qo‘lga olindi
Tezkor tadbir natijasida 21 ta geomanzilda yashirilgan, qariyb 1500 dozaga teng mefedron sintetik giyohvandlik vositasi tarqalishining oldi olindi.
Toshkentdan Samarqandga borish vaqti 5 soatdan 2,5 soatga qisqaradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘rta Chirchiq tumanida Toshkent – Samarqand yo‘nalishida quriladigan yangi avtomobil yo‘liga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
«Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasi – Transport tizimida 12,8 milliard dollarlik 36 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Samarqand viloyatida transport sohasiga bag‘ishlangan «Milliy sanoat zanjiri» ko‘rgazmasining birinchi kuni yakunlandi. Ko‘rgazma mahalliy ishlab chiqaruvchilar, yirik davlat buyurtmachilari, tarmoq korxonalari, investorlar va ilmiy tashkilotlarni yagona maydonda birlashtirdi.
Samarqandda prokuror o‘rinbosari qo‘lga olindi
U tabiiy gazdan qarzdorlikni kamaytirib berish evaziga vositachilar orqali 6,5 ming AQSh dollari va 35 mln so‘m pora olgan.
Samarqand va Buxoro viloyatlarida xalq qabulxonasiga murojaatlar kamaygani qayd etildi
Shu bilan birga, ayrim kamchiliklar ham sanab o‘tildi. Masalan, Oqdaryo, Pastdarg‘om va Nurobod tumanlarida avval rejalashtirilgan shaxsiy qabullar o‘tkazilmay qolib ketgani ta’kidlandi.
Zarafshon yonidan o‘tgan temir yo‘l o‘pirilib ketgan: mas’ullar izoh berdi
Aytilishicha, so‘nggi kunlarda O‘zbekiston va Tojikistonning tog‘li hududlarida kuzatilgan kuchli yog‘ingarchiliklar natijasida Zarafshon daryosida suv oqimi keskin kuchaydi. Buning oqibatida daryo qirg‘oqlarni yuvib ketib, ayrim hududlarda o‘zan yo‘nalishi o‘zgardi.
Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligi maydoni 31,5 ming gektarga kengayadi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Samarqand viloyatidagi Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligi maydonlarini kengaytirish choralari belgilandi.

