Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kim Chen In taxt vorisi borasida yakuniy to‘xtamga keldi

13/02, 17:29

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In o‘z qizi Kim Chju Eni o‘zidan keyin davlat rahbari sifatida qoldirishga qat’iy ravishda qaror qildi.

Shimoliy Koreyada «Kalmar o‘yini»ni tomosha qilgan o‘smirlar qatl etildi

06/02, 12:03

Xorij seriallari va musiqalarini tomosha qilgan yoki tarqatganlarga nisbatan qatl etish, mehnat lagerlariga jo‘natish va omma oldida tahqirlash kabi jazolar qo‘llanilmoqda.

Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirdi

27/01, 15:40

Koreya Xalq-Demokratik Respublikasi (KXDR) bugun, 27 yanvar kuni ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Yaponiya sohil qo‘riqlash xizmati ma’lum qildi.

Maduroning o‘g‘irlanishi ortidan Kim Chen In ham shoshilinch choralar ko‘rmoqda

15/01, 13:49

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In shaxsiy xavfsizligiga mas’ul bo‘lgan uch nafar yuqori martabali mulozimni o‘zgartirdi.

Shimoliy Koreya ballistik raketalarini uchirdi — AQShga signal

04/01, 20:55

Pxenyan atrofidan start berilgan raketalar 900 kilometrgacha uchib borgan.

Rossiya ukrain bolalarini Shimoliy Koreya lagerlariga olib ketyapti – Bild

04/12, 16:45

Ukraina bolalarining Rossiya tomonidan majburiy ravishda olib ketilishi va qayta tarbiyalashga urinishlari yanada jiddiy tus olmoqda, deb yozmoqda Germaniyaning Bild nashri.

Shimoliy Koreya AQShga istehzoli javob qaytardi

07/11, 11:15

Shimoliy Koreya AQSh tomonidan joriy etilgan sanksiyalarga nisbatan keskin javob qaytardi.

Yonhap: Shimoliy Koreya Rossiyaga yana 5 ming harbiyni jo‘natdi

05/11, 12:34

Shimoliy Koreya Rossiyaga 5 mingga yaqin harbiy xizmatchini infratuzilmani tiklash ishlarida ishtirok etish uchun yuborgan.

Shimoliy Koreya Yapon dengizi uzra raketa sinovlarini o‘tkazdi

22/10, 11:54

Ma’lumotga ko‘ra, raketalar Pxenyanning janubiy hududidan uchirilgan va taxminan 350 kilometr masofani bosib o‘tgan. Ularning qulash joyi haqida aniq ma’lumot berilmadi.

Kim Chen In uchuvchisiz boshqariladigan qurollar sinovini kuzatdi (foto)

19/09, 10:30

KXDR rahbari sinov natijalaridan juda mamnun.

Shimoliy Koreyada xorij seriallarini tomosha qilganlar o‘limga hukm qilinadi

13/09, 16:28

Mamlakatda COVID-19 pandemiyasidan keyin oddiy va siyosiy jinoyatlar uchun qatl etishlar ko‘paydi.

Shimoliy Koreya elitasi Pekinda g‘arbning serhasham buyumlarini ko‘z-ko‘z qildi

05/09, 14:00

Mamlakatda hashamatli buyumlar «burjua madaniyati» ramzi sifatida qoralanadi va mutlaqo taqiqlangan. Bunday buyumlardan foydalangan fuqarolar ayovsiz jazolanadi.

Kim Chen In ehtimoliy vorisi bilan Xitoyga keldi

02/09, 21:25

Kimning qizi undan keyin davlatni boshqarishi haqida gap-so‘zlar yuradi.

OAV: KXDR askarlari Janubiy Koreya bilan chegarani kesib o‘tdi

24/08, 11:50

Janub ogohlantiruvchi o‘q uzgan.

Janubiy Koreya va Shimoliy Koreya «ovoz kuchaytirgichlar urushi»ni bas qildi

05/08, 10:35

62 yildan buyon chegarabo‘yi aholisining quloq-miyasini yeb kelgan ovoz kuchaytirgichlar yig‘ishtirib olinmoqda.

Kim Chen In Rossiyani so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi

13/07, 12:15

U Rossiya TIV rahbari Lavrov bilan uchrashgan.

Shimoliy Koreya yaqin oylar ichida Rossiyaga qo‘shimcha askarlar yuborishi mumkin

26/06, 15:22

KXDR iyul yoki avgust oylarida Ukrainaga qarshi urushda qatnashish uchun Rossiyaga qo‘shimcha qo‘shin jo‘natishi mumkin.

Ukrainaga qarshi janglarda 600 ga yaqin Shimoliy Koreyalik halok bo‘lgan

30/04, 15:47

Rossiya tomonida turib jang qilgan 600 ga yaqin shimoliy koreyalik harbiylar Ukrainaga qarshi janglarda halok bo‘lgan. Bu haqda ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Putin Kurskdagi g‘alabaga hissa qo‘shgan Shimoliy Koreyaliklarni e’tirof etdi – Kreml

28/04, 11:37

O‘tgan yilning kuzidan buyon Ukraina-Rossiya mojarosida rus qo‘shinlari safida jang olib borayotgan Shimoliy Koreya harbiylari haqida turli xabarlar tarqalib kelgan bo‘lsa-da, na Moskva va na Pxenyan bu borada biror munosabat bildirmay kelayotgan edi.

Sanksiyalar bekor qilinishining bizga qizig‘i qolmadi — Shimoliy Koreya TIV

24/02, 14:02

«AQSh tomonidan kiritilgan vahshiyona sanksiyalar bizni eng og‘ir tashqi sharoitlarda jon saqlash, gullab-yashnash va yanada kuchliroq bo‘lishga o‘rgatdi», — deyiladi KXDR TIV bayonotida.

Kiyev asirga olingan KXDR askarlarini ma’lum shart evaziga Pxenyanga topshirmoqchi

13/01/2025

Ukraina prezidenti Rossiyada saqlanayotgan ukrainalik harbiy asirlarni qaytarish evaziga asirga olingan Shimoliy Koreya askarlarini Pxenyanga topshirishga «tayyor». Bu haqda Volodimir Zelenskiy yakshanba kungi videomurojaatida aytib o‘tdi.

Shimoliy Koreyada yana bir antiqa taqiq kuchga kirdi

08/01/2025

Janubiy Koreyaning bude-chige deb atalgan taomi ham Shimolda qora ro‘yxatga tirkaldi. So‘nggi yillarda bu taom ancha ommalashgandi.

Shimoliy Koreya tovushdan 12 karra tez ballistik raketani uchirdi

07/01/2025

Avvalroq Janubiy Koreya harbiylari KXDR poytaxti zonasidan raketaga start berilgani va u 1 100 kilometr uchib, Yapon dengiziga tushgani haqida xabar berishgandi.

Kim Chen In nega butun dunyo KXDRga hasad qilishini aytdi (foto)

31/12/2024

Kim Chen In bu haqda Mensasipri qirg‘oq bo‘yidagi sayyohlik shaharchasini ko‘zdan kechirish vaqtida ma’lum qilgan.

Kim «eng halokatli termoyadroviy urush» xavfidan ogohlantirdi

22/11/2024

Vashingtonning dushman siyosati o‘zgarmasdir, dedi u.

Putin Shimoliy Koreyaga sovg‘a jo‘natdi

20/11/2024

Aleksandr Kozlov sovg‘ani Pxenyan markaziy hayvonot bog‘iga topshirgan.

«Kursk viloyatida 11 ming Shimoliy Koreya askari bor» — Zelenskiy

05/11/2024

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayanib, Rossiyaning Kursk viloyatida Shimoliy Koreyadan kelgan 11 ming harbiy xizmatchi borligini ta’kidladi.

«Bu bizning ishimiz» — Putin birinchi marta KXDR harbiylari masalasida izoh berdi

25/10/2024

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qozondagi BRIKS sammitining yakuniy matbuot anjumanida ilk bor Shimoliy Koreya harbiylari Ukrainaga qarshi urushda ishtirok etishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi.

Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreya va Ukrainani qattiq haqorat qildi

22/10/2024

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chenning fikricha, Janubiy Koreya va Ukraina «ikki tomchi suv kabi o‘xshash» va «AQSh tomonidan parvarishlangan betarbiya itlarga» o‘xshaydi.

KXDR o‘z harbiylari Rossiyaga jo‘natilayotganini rad etdi

22/10/2024

Shimoliy Koreya vakiliga ko‘ra, bunday xabarlar Pxenyanni obro‘sizlantirish va ikki suveren davlat o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazishga qaratilgan.

Yana