Raqamli Startaplar dasturi ishtirokchilarining ayrim xarajatlari qoplab beriladi
Qarorga ko‘ra, dastur ishtirokchilariga quyidagi qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari qo‘llanadi:
Raqamli Startaplar dasturi amalga oshiriladi
«Startap loyihalar va venchur moliyalashtirish ekotizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Prezident qarori (PQ-357-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.
O‘zi 22 yoshdayu shogirdlari 30 nafar yoxud Amerikada onlayn savdo platformasini yaratgan vatandoshimiz haqida
20 yoshida o‘zi pul ishlab topgan va birinchi qimmat mashinalardan biri Hyundai Elantrani sotib olgan, hatto uy olishga ulgurgan. U 2-3 xorij davlatlarida, Amerikaning 10 dan ortiq shtatlarida bo‘lgan, Amerika & Kanada vizalariga ega.
IT Park dasturlarini muvafaqqiyatli yakunlagan 113 ta istiqbolli Startap-loyiha moliyalashtirildi
Ushbu loyihalarni moliyalashtirish uchun 82,8 mlrd.so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgan.
Mukofot jamg‘armasi — 1 mln dollar! Prezident sovrini uchun «Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi Startap» tanlovi o‘tkaziladi
Maxsus yo‘nalish bo‘yicha ham 100 ming AQSh dollariga teng mukofot belgilangan.
«AloqaTech Lab» akseleratsiya va inkubatsiya dasturining «Demo Day» tadbiri bo‘lib o‘tdi
Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov ham ishtirok etdi.
Toshkentda Plug and play ochiladi
O‘zbekistonlik startaplarni qo‘llash uchun Plug and play Toshkentda ochiladi.
«O‘zbekistonda yaratilgan Startap 3 mlrd. AQSh dollariga sotildi!..» kabi xabarlar yangrashini xohlayman...
Suhbatdoshimiz tadbirkor, bloger va startaplar bo‘yicha mutaxassis Ulug‘bek Ismatov bo‘ldi. Qahramonimiz Startupmarket.me, BeCreative Media, INTV loyihalari asoschisi va Media and Project Management Group rahbaridir.
Latviya, Estoniya va Litva — Startaplar uchun dunyodagi eng yaxshi mamlakatlar (reyting)
Yangi tuzilgan reytingda Boltiqbo‘yi mamlakatlari aksiyalarga opsionlar bo‘yicha yangi qonunlar qabul qilgani bois eng yuqori o‘rinlarga loyiq ko‘rilgan.
O‘zbek Startapi «SEEDSTARS WORLD 2020/21» tanlovining mintaqaviy bosqichiga yo‘l oldi
«IMAN» startapi rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan eng yirik xalqaro startap tanlovining milliy saralash bosqichining g‘olibi deb topildi. Mazkur loyiha xalqaro musobaqaning mintaqaviy bosqichida ishtirok etadi.
«Bu sohada 10-15 yil orqada qolyapmiz» — Onlayn-dorixona orqali pandemiya davrida muhtojlarga bepul dori-darmon tarqatgan tadbirkor bilan suhbat
Onlayn-dorixona xizmati asoschilaridan biri Xumoyun Ahmadjonov O‘zbekistonda tadbirkorlikning bu turi ancha kech yo‘lga qo‘yilgani, karantin davridagi chorasizlikka topgan yechimi, boshlagan ishining istiqbollari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
O‘zbekistonda ilk marta Startaplar muhitida tadqiqotlar o‘tkazildi
Tadqiqot doirasida mutaxassislar O‘zbekistondagi 120 dan ortiq innovatsion startaplarning asoschilaridan intervyu oldilar: kompaniya qancha daromad oladi, qayerdan sarmoya izlaydi, qanday mahsulotni takomillashtiradi, tashqi bozorlarga chiqishni ko‘zlaydimi va rivojlanish institutlaridan moliyaviy ko‘mak oladimi yoki yo‘qmi...
Prezident bu sohaga alohida ahamiyat qaratadi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14-iyul kuni yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularni daromad manbai bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgani haqida xabar berilgandi.
Ikki yosh filolog yaxshi daromad olish yo‘lini topishdi. Qanday qilib?
Mironshoh Mustafayev 24 yoshda, Buxoro davlat universitetining ingliz filologiyasi fakulteti bitiruvchisi. Shuningdek, u «WebClass» (onlayn ta’lim) nomli loyihaning hamasoschisi hamda IT Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturining ikkinchi bosqichi startapchilaridan biri.
Pandemiya davrida tanlov: bosh mukofot – 15 000$
Mahalliy IT-startapchilar «Alibaba GET Global Challenge 2020» xalqaro tanlovida ishtirok etishlari mumkin.
Karantin payti: IT-Parkdan «Online Open Sessions» — yangi qiziqarli loyiha!
Onlayn tarzda o‘tkazilayotgan videokonferensiyaga O‘zbekiston, Hindiston, Rossiya va boshqa davlatlardan taniqli va nufuzli IT-mutaxassislar hamda startapchilar jalb qilingan.
Startap g‘oyalaringizni kimga taqdim etishni bilmayapsizmi? Siz uchun qulay imkoniyat tug‘ildi!
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-park) O‘zbekiston venchur investitsiyalash uyushmasi bilan hamkorlikda startapchilar uchun «Ochiq eshiklar kuni» tashkil etadi
O‘zbekiston Startapi $500,000lik investitsiya uchun kurashga qo‘shildi
IT-Parkning startap jamoasi – «ArzonApteka» nufuzli «Seedstars» xalqaro tanlovining finaliga chiqdi.
Navoiydan… Tomdigacha. Yoki raqamli texnologiyalar kirmagan eshik qolmaydi
Axborot asridamiz. Axborot texnologiyalari deyarli barcha sohalarni egallab bo‘ldi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Yirik sanoat markazlaridan tortib to olis ovullargacha, hatto cho‘pon o‘tovigacha bugun internetning qadami, nafasi yetib borgan.
Innovatsion rivojlanish vazirligi va «Skolkovo» innovatsion markazi kelishuv imzoladi
20 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Rossiyaning «Skolkovo» innovatsion markaziga tashrif buyurib, «Skolkovo» jamg‘armasi raisi Arkadiy Dvorkovich bilan uchrashdi.
«Revizor». Elektron shikoyatlar kitobi biznes uchun qanchalik muhim? (video)
«Bu ikkala tomon uchun ham foydali. Mijozlar yaxshilangan servisga ega bo‘lsalar, biznes vakillari yanada ko‘proq daromadli bo‘ladilar», — deydi Islomali Nuraliyev.
O‘zbekiston jamoasi «Fin Tech Abu Dhabi» tanlovida g‘olib bo‘ldi!
2019-yilning 21-oktyabridan 23-oktyabrigacha Birlashgan Arab Amirligining Abu-Dabi shahrida butun dunyo bo‘ylab 5000 dan ortiq sarmoyador va innovatorlarni to‘plagan eng yirik xalqaro startap festivallaridan biri – MENA FinTech festivali bo‘lib o‘tdi.
Singapur yo‘llanmasi uchun kurash boshlandi — «Startup Weekend Women Tashkent 2019»
Toshkentdagi INHA universitetida «Startup Weekend Women Tashkent 2019»ga start berildi.
O‘zbekistondagi Startaplarga 100 ming dollargacha sarmoya ajratiladi. IT-Parkda birinchi venchur jamg‘armasi ochildi
2019-yil 25-sentyabr kuni «ICT WEEK 2019» doirasida bo‘lib o‘tgan «Digital Uzbekistan» forumida O‘zbekiston Respublikasida birinchi venchur jamg‘armaning tashkil etilishi haqida e’lon qilindi.
Eng arzon dori qaysi dorixonada? «Ekspert fikri»da navbatdagi videointervyu
Dori vositalarni doimiy qabul qiluvchi bemorlar, pensionerlar, uzoq muddat davolanish muolajalarini olib boruvchi shaxslar, umuman, har birimizni qaysi dorixonada kerakli dorilar borligi va qay birida u arzonroq ekani qiziqtiradi.
Uysiz, ko‘prik ostida tunab yurib, muvaffaqiyatga erishgan yosh millionerdan 5 maslahat
17 yoshida ko‘chada qolgan Garri Sanders hozir 21 yoshda va millioner.
«Unbound»: O‘zbekistonda IT-sohasining rivojlanish dinamikasi Qozog‘istonga qaraganda yaxshiroq va tezroq o‘smoqda
«Scal8R» kompaniyasining asoschisi va «Unbound» kompaniyasining vakili Igor Ovcharenko IT-park uchun bergan intervyusida O‘zbekiston IT-sohasi chetdan qaraganda qanday ko‘rinishi haqida gapirdi.
Startaplarni yo‘lga qo‘yishda germaniyalik ekspertlar bilan ishlanadi
Germaniyaning xalqaro hamkorlik hamjamiyati (GIZ)ning ekspertlari Franziska Tade va Eileen Trenkmann Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida startaplarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha erkin muloqot olib borishdi.
IT-Park «Unbound Tashkent» bilan birgalikda xalqaro IT-tanlov uchun saralash turini o‘tkazmoqda!
2019-yilning 9-avgust sanasida Toshkent shahrida «FinTech Abu Dhabi» va «TIP Summit» global IT-tanlovlarining saralash turi bo‘lib o‘tadi.
Farhod Ibragimov: «Biz uchun dunyo miqyosida «IT Park» emas, Startaplarimiz tanilishi muhimroq!»
Shuni ta’kidlashni xohlardimki, biz yaratayotgan eko-muhit, albatta, faqat texnologik infratuzilmaning o‘zidangina iborat bo‘lmaydi va binoning ochilishi – shunchaki dastlabki qadam, asosiy ish esa hali oldinda.
O‘zbekistondagi birinchi «IT Park» ishga tushdi!
Bugun, 24-iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – «IT Park»ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston yoshlarini ishsizlikdan nima qutqaradi? «IT-Park» maslahatchisi janob Partasarti bilan eksklyuziv intervyu (video)
O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pini yoshlar tashkil qiladi. Oliy ta’lim muassasalarimiz bu yoshlarning o‘ndan birini ham o‘qishga qabul qilishga qodir emas. Demak, oliy ma’lumotli bo‘lishga ko‘pchilikda imkon yo‘q. Qolaversa, kasb-hunar kollejlari tizimi o‘zini to‘la oqlay olmadi. Bunday murakkab vaziyatda yoshlarni kasbga yo‘naltirish uchun nima qilish kerak?
Nega O‘zbekistonda Startap loyihalar «portlab» chiqmayapti?
Innovatsion rivojlanish vazirligining eksperti Odiljon Abdurazzoqov O‘zbekistonda muvaffaqiyatli startap ekotizimi yaratish shartlarini aytib o‘tar ekan, «vitamin» emas «og‘riqni qoldiruvchi» innovatsiyalarni yaratishga tashviq etish lozimligini ta’kidladi.
Inhada «Startup Mix» biznes-anjumani bo‘lib o‘tdi
20 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida (IUT) «Startup Mix» startap va innovatsiyalar bo‘yicha eng nufuzli biznes-anjuman bo‘lib o‘tdi.
«OylikUz» Startap-loyihasi hamasoschisining «omad formulasi» (intervyu)
Startap nimadan boshlanadi, jamoa qanday yig‘iladi, qancha mablag‘ sarflanadi, investorlar qanday jalb qilinadi? «OylikUz» startap-loyihasi hamasoschisi o‘z «omad formulasi» sirini ochdi.
Markaziy Osiyoda ilk bor o‘tkazilgan «GIST» Startap treningi g‘oliblari aniqlandi
Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazida Markaziy Osiyoda ilk bora GIST (ilm-fan va texnologiyalar orqali global innovatsiyalar) startap treningi o‘tkazildi.
Usmon Rahimjonov: «Biznesda xo‘jako‘rsinchilik ketmaydi»
Startap-loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha katta tajriba egasi Usmon Rahimjonov bilan suhbat.
Startapni yo‘lga qo‘ymoqchimisiz? Sizni qo‘llab-quvvatlovchilar bor
O‘zbekiston bo‘ylab Yoshlar startap-tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturining uchinchi davrida ishtirok etish uchun arizalar qabuli boshlandi. Joriy yilda beshta eng yaxshi jamoa startapni yaratishga oid ulkan tajribadan tashqari, o‘z loyihalarini rivojlanitirish uchun pullik sarmoyalarga ham ega bo‘ladilar.
Endi «Apple»ning o‘zini o‘g‘irlikda ayblashdi
«Shift» blokcheyn startapi «Apple»ni o‘zining yangi funksiyasi logotipini o‘g‘irlaganlikda ayblab, sudga berdi. Startap «iOS» yaratuvchilaridan 200 ming dollar talab qilmoqda.
O‘zbek Startapi Shveysariyada 1 million dollar uchun kurashadi
18-may kuni O‘zbekistonning eng yaxshi 11 startapi orasidan Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan «SeedStars Global Summit»da mamlakat sharafini himoya qiluvchi loyiha tanlab olindi.