Toshkentda «VII Hotel Business Forum 2026» boshlandi
«Hilton Tashkent City» mehmonxonasida Turizm qo‘mitasi hamkorligida O‘zbekiston mehmonxonalar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan «Hotel Business Forum 2026» xalqaro forumi o‘z ishini boshladi.
Turizm qo‘mitasi raisiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Suhrobjon Bobokalonov hamda Sanjar Tojiyev Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari lavozimlariga tayinlandi.
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish kuzatilmoqda
2025 yilning yanvar–noyabr oylarida mamlakatimiz turizm sohasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, barqaror o‘sish sur’atlari qayd etildi. 11 oy davomida O‘zbekistonga 10,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi (o‘sish 114 foiz) va ularga 4,4 milliard AQSh dollari miqdorida turizm xizmatlari eksporti ko‘rsatildi (o‘sish 144 foiz).
«Ipak yo‘lida turizm» 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi yakunlandi
2025 yilning 29 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi, shuningdek, Milliy PR-markazi hamda «Interforum» kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan uch kunlik “Ipak yo‘lida turizm” 30-yubiley Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY-2025) yakunlandi. Bu yil ham yarmarka “CAEx” (Central Asian Expo Uzbekistan) xalqaro ko‘rgazmalar markazida bo‘lib o‘tdi.
«Lazzatli O‘zbekiston» festivali turizm va gastronomiyani birlashtiradi
2025 yil 27-29 noyabr kunlari Central Asian Expo Uzbekistan (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida “Ipak yo‘lida turizm” 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi (TXTY) doirasida “Lazzatli O‘zbekiston – 2025” XX Xalqaro gastronomiya festivali va oshpazlar chempionati o‘tkazilmoqda.
Xalqaro media kampus – jahon blogerlari va OAV nigohi bilan O‘zbekistonga yangicha nazar
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan “Ipak yo‘lida turizm” 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi doirasida O‘zbekistonda tashkil etilgan mediakampus yakunlariga bag‘ishlangan “Uzbekistan Through New Ees: Creating Stories That Inspire the World” (“O‘zbekiston yangi nigohda: dunyoni ilhomlantiruvchi hikoyalar yaratish”) mediaforumi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonning barcha viloyatlarida avtomobildan xoli hududlar tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan sayyohlarga qulayliklar yaratish, ularning har bir hududda mazmunli dam olishlari, erkin piyoda yurishlarini tashkil etish maqsadida ma’lum yo‘nalishlarda “avtomobildan xoli hudud”lar yaratilmoqda.
O‘zbek milliy nonushtasi — gastroturizm rivoji yo‘lida yangi loyiha
Milliy turizm mahsulotlarini faol targ‘ib qilish orqali mamlakatga sayyohlar oqimini oshirish va ichki turizm rivoji uchun yangi lokatsiyalar tashkil etish yo‘lida bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
«Gastro Forum 2025»: O‘zbekiston gastroturizm salohiyati taqdim etildi
2025 yil 22 oktyabr kuni Toshkent shahrida “Horeca Expo Uzbekistan 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “Gastro Forum 2025” gastronomik forumi bo‘lib o‘tdi.
Bir qator shaharlarda «Palov festivali» boshlandi
20 oktyabr kuni Toshkentdagi o‘zbek taomlari «Lali» restoranida Novikov Group va Family Garden oshxona ittifoqi tomonidan uyushtirilgan keng ko‘lamli gastronomik tadbir - «Palov festivali»ning markaziy maydoniga aylanadi.
Britaniya telekanalida O‘zbekiston haqidagi film premerasi
Turizm qo‘mitasi va Strategik islohotlar agentligi tashabbusi bilan “UZBEKISTAN THE GOLDEN ROAD” (O‘zbekiston – oltin yo‘l) nomli hujjatli film yaratildi.
Yangi Toshkent aeroporti qurilishi 2030 yilga borib xorijlik sayyohlar sonini 25 millionga yetkazish imkonini yaratadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan zamonaviy transport tarmog‘ini yaratish va bu orqali turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, turizm xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilayotgan e’tibor natijasida 2030 yilga borib xorijiy sayyohlar soni — 25 millionga, ichki sayyohlar soni esa 50 million nafarga yetishi mumkin.
O‘zbekiston turizmi tarixiy rekordlarni yangilamoqda
Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda — 2025 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda. Shu tariqa, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.
O‘zbekiston birinchi marta dunyodagi mashhur sayohat shoularidan biri — «The Amazing Race» dasturida namoyish etildi
O‘zbekiston turizm salohiyati ilk marta dunyodagi mashhur sayohat shoularidan biri — «The Amazing Race» dasturida namoyish etildi. «Andijon polkasi», karnay-surnay, an’anaviy gilamchilik, quritilgan mevalar, anor sharbati tayyorlash va Tersak qishlog‘i ko‘rsatuv dasturidan o‘rin olgan.
Bo‘stonliqda xotin-qizlar uchun turizmga oid o‘quv-seminari o‘tkazilmoqda
2025 yil 24-26 sentyabr kunlari Turizm qo‘mitasi vakillari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Migratsiyadan qaytgan xotin-qizlarning iqtisodiy reintegratsiyasini ta’minlash va ularni mamlakatimizdagi turizm sohasiga samarali jalb qilish”ga qaratilgan o‘quv-seminarida ishtirok etishmoqda.
Shohimardon — Farg‘ona tog‘laridagi betakror sayohat maskani
Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonning eng go‘zal maskanlaridan biri bo‘lgan Shohimardonga mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda taniqli blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.
«Surxon vohasi – turizm uchburchagi» turistik xaritasi
«Surxon vohasi – turizm uchburchagi» turistik xaritasi Surxondaryo viloyatidagi tarixiy yodgorliklar, muzeylar, ziyoratgohlar, milliy madaniyat markazlari va tabiat manzillarini uch nuqtali yo‘nalishda birlashtirib beradi.
Pekinda O‘zbekiston Turizm ofisi ochildi
2025 yil 1 sentyabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida O‘zbekiston Turizm ofisi tantanali ravishda ochildi. Ushbu muhim tadbir oliy darajadagi rasmiy tashrif doirasida o‘tkazildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar, o‘zaro ishonch hamda strategik sheriklikning yana bir yorqin timsoliga aylandi.
Nukus «Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat ishtirokchilarini qarshi oldi
Turizm qo‘mitasi tomonidan «SamAuto» hamda «Tegeta Motors» kompaniyalari bilan hamkorlikda tashkil etilgan «Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat loyihasi ishtirokchilari Nukus shahrida qator tadbirlarda ishtirok etdi.
«Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat ishtirokchilari Samarqand va Buxoroning turizm salohiyati bilan tanishdilar
Turizm qo‘mitasi tomonidan SamAuto hamkorligida va Tegeta Motors ko‘magida tashkil etilgan «Orolga tashrif» xalqaro avtosayohat loyihasi ishtirokchilari Samarqand va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurdilar.

