Ish haqi va ortiqcha vazn o‘zaro bog‘liqmi?
Ish haqi va ortiqcha vazn o‘zaro bog‘liqmi? Buni aniqlash uchun Zdrav.FOM loyihasi mutaxassislari tadqiqot o‘tkazishdi.
Ijtimoiy so‘rovnoma chog‘ida respondentlarning ish haqi bilan tana vazni indeksi (IMT) o‘rganildi – bu ko‘rsatkich odam vaznining bo‘yiga mos kelishini baholashga yordam beradi (IMT=m/h2, m — vazn kiloda, h — bo‘y metrda).
Xushbichim, quvvatga to‘la, lekin semiz bo‘lmagan ayollar eng yuqori maosh olishlari bilan maqtanishlari mumkin.
Tadqiqotchilar hisob-kitobiga ko‘ra, vazndagi har bir ortiqcha kilogramm o‘rtacha holatdagi odamning taxminan 1 foiz oyligini «tortib oladi». Ustiga-ustak, bu tamoyil xodimlarning turli guruhida, jumladan, rahbarlik lavozimidagilar orasida ham kuzatiladi.
Ma’lumot uchun:
Sizga tegishli IMT:
- Me’yorda — 18,5—24,99
- Ortiqcha tana vazni — 25—30
- Semizlik — 30 dan yuqori.
Tadqiqot natijalari mutlaqo tasodifiy emas. Sotsiologlar xulosasi aniq bir odamga nisbatan adolatsiz bo‘lishi mumkin, biroq umumiy olganda to‘g‘ridir. Gap shundaki, ish beruvchi ishga kiruvchi bilan birinchi uchrashuvda dastlab nomzodning tashqi ko‘rinishini baholaydi. Shu bois ortiqcha vaznli kishilar qad-qomati kelishgan nomzodlarga qaraganda bo‘lg‘usi rahbarga yoqishi qiyinroq.
Yana bilamizki, ortiqcha vazn — yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, bo‘g‘im xastaliklari va salomatlik bilan bog‘liq boshqa muammolar sababchisidir. Shunday ekan, ish beruvchi ko‘p hollarda ortiqcha vazndan qiynalayotgan xodim xastaligi tufayli ishni ko‘p qoldirishi va bor kuchi bilan mehnat qilolmasligidan xavotirlanadi. Ko‘pincha bunday xulosaga g‘ayriixtiyoriy ravishda kelinadi, ammo u statistika nuqtai nazaridan ham to‘g‘ri. Aynan shuning uchun ham ortiqcha vaznlilar ishga joylashishga qiynaladi yoki vazni me’yorda bo‘lgan kishilarga qaraganda kamroq maosh oladi.
Ko‘rib turganingizdek, tadqiqotda aniqlangan sabablar mutlaqo to‘g‘ri. Gap xodimlarning maoshi kamligi bois to‘g‘ri ovqatlanolmaslik va sport bilan shug‘ullanolmaslikda emas, muammo ularning ortiqcha vaznida. Qonuniylikka ko‘ra, o‘rta va oliy darajadagi rahbarlar maoshi sog‘lom oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishga hamda fitnesga mablag‘ ajratishga yetadi.
Xulosa oddiy: ko‘p pul ishlab topishni xohlaysizmi — ovqatlanishingizga e’tibor bering!
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter