Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

37 nafar yurtdoshimiz Rossiyada bepul ta’lim oladi

37 nafar yurtdoshimiz Rossiyada bepul ta’lim oladi

Foto: «Nigoh»

Yoshlar 174 nafar talabgorlar orasidan jiddiy tanlov natijasiga ko‘ra saralab olingan. Ular N.I.Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti ordinaturasida «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyasi asosida bepul ta’lim oladi.

Yoshlar 11 ta mutaxassislik bo‘yicha 2 yillik ordinaturada tahsil olish uchun bugun Rossiyaga jo‘nab ketdi. O‘qishni bitirgandan keyin ular faoliyatini Toshkent shahrida tashkil etilayotgan N.I.Pirogov nomidagi universitet filialida yoki hududlarda o‘z mutaxassisligi bo‘yicha davom ettiradi.

Eslatib o‘tamiz, bir guruh O‘zbekiston fuqarolarining ordinaturada ta’lim olishini tashkil etish vazifasi Sh.Mirziyoyevning tegishli qarori asosida amalga oshirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring