Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuzning izg‘irin kunida paxta dalalarida yurgan 12 yoshli bolalar hayotini o‘zgartirib yuborgan voqea haqida

Kuzning izg‘irin kunida paxta dalalarida yurgan 12 yoshli bolalar hayotini o‘zgartirib yuborgan voqea haqida

Umid ixtisoslashtirilgan maktab internati. 2019 yilgi surat

Inson hayotidagi eng beg‘ubor va baxtli damlar bu albatta bolalik davridir. Bolalik damlarimni yodga olar ekanman, beixtiyor litsey hovlisida hayot tashvishlaridan holi, ertalabki «raspevka»ni jo‘shib kuylayotgan qiz ko‘z oldimga keladi.

1996 yil kech kuz Jizzax viloyati Do‘stlik tumani Yangiobod qishloq fuqarolariga qarashli paxta dalalari.

Maktab bolalari yoppasiga paxta yig‘im terimiga jalb qilingan. Chanoqda paxtalar allaqachon tugagan, kichik yoshdagi maktab bolalari bo‘ynilariga ilingan fartuklarga kurak (paxtani ochilmagan qismi) terib ichidan paxtasi ajratib olinar edi. Noyabr oyi o‘rtalari izg‘irin. Maktabga faqatgina uch oygina to‘lig‘icha borar edik. Ta’limni ahvoli anchagina abgor holda edi.

Viloyatga yangi tayinlangan xokim g‘o‘zalar oralab kichik yoshdagi maktab bolalarini bu kabi ob-havoda ko‘rak terishga qayta jalb qilmaslik haqida qat’iy topshiriq berib, maktab sharoitini yaxshilash isitish choralari ko‘rish yuzasidan qator ko‘rsatmalar berildi.

Shu bolalar orasida men ham bor edim. Bu gaplarni eshitish xuddi ertaga bayram degandek eshitildi menga go‘yo.

1997 yil sentyabr. Jizzax shahri markazida yangi tashkil etilgan Umid litsey internati.

Ilk saralash imtihonlaridan a’lo natijalarni qo‘lga kiritib, litseyga qabul qilindim. Ko‘nglimda bir olam quvonch, so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan tuyg‘ular jo‘sh urardi, axir bu bu tengsiz imkoniyat, o‘qishni jonidan yaxshi ko‘rgan oddiy oila farzandlari uchun bundan ortiq baxtni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Qabul qilingan o‘quvchilarning aksariyati ana shunday chekka tumanlarda, qishloqlardan imtihon asosida qabul qilingan o‘quvchilar edi.

Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha kurslar, zamonaviy fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan yetuk mutaxassislar ishtirokidagi darslar, kompyuterlashtirilgan xonalar bilim olish uchun barcha sharoitlar bekamu-ko‘st tayyorlangan edi. Aytish mumkinki, u paytga qadar qiz bolalar uchun bu kabi o‘quv maskanlari umuman yo‘q edi. Turk litseyi ham endigina yopilgan.

Davlatimiz rahbari, o‘sha paytdagi viloyat xokimi Shavkat Mirziyoyev (1996-2001 yillar) ko‘magi hamda tashabbusi bilan ochilgan ushbu iqtidorli bolalar litseyida bolalarga yaxshi ta’lim berish uchun xorij mutaxassislari ham jalb qilingan hamda darsdan so‘ng ular bilan erkin muloqot muhiti yaratilgan edi. Ingliz, nemis tillari bilan birga arab, fors tillari ham mukammal o‘rgatildi. Eng muhimi, qo‘shimcha darslar, kurslar hammasi bepul, o‘quvchilar qiziqishiga qarab yo‘naltirilardi.

Xabar olishga kelgan dadam o‘sha paytlarda yaratilgan sharoitni ko‘rib «eh qizim ministrni bolasida ham bunaqangi sharoit yo‘q, otasiga rahmat, shuncha sharoitni yaratishni o‘zi bo‘lmagan qizim, fidoiy inson ekan, yaxshi o‘qigin» deya qayta-qayta alqab litsey yonidagi kitob do‘konidan «Skanavi» matematika kitobini sotib olib berib, uyga ketganlari esimda...

Hayotining eng murg‘ak davridayoq hayot tashvishlarini ko‘rib ulgurgan yuzdan ortiq bolalar zamonaviy sharoitda, sifatli ta’lim olishga muvaffaq bo‘ldilar.

11-12 yoshli bolalardan katta umidlar kutib boshlangan ish amalda o‘zining yuksak natijalari bilan namoyon bo‘ldi.

Qiz bola faqat uydagi uy-ro‘zg‘or ishlari uchun tug‘ilgan degan ko‘nikmalarni buzib o‘tgan, o‘sha qizlar orasidan ko‘plab turli darajadagi olimalar, fan nomzodlari mamlakatimizda va dunyoning turli rivojlangan mamlakatlarida o‘z faoliyatini olib bormoqdalar.

Litsey bitiruvchilaridan biri Volida Eshonqulova. BMT ning Taraqqiyot fondi Kadrlar boshqarmasida katta xodim

«Sizlarning har bir qo‘lga kiritgan yutug‘ingizda bizning nomimiz ham qo‘shib tilga olinadi degan edingiz. Ha, har safar o‘qishda, ishda yangi pog‘onalarga ko‘tarilar ekanman, litseyda olgan bilimim, bizga ko‘rsatilgan mehr e’tiborni eslab ko‘nglim cheksiz g‘urur va iftihorga to‘ladi. Biz ishonchingizni oqlaymiz».

Volida Eshonqulova (Daniya)

Karimova Zulfiya. Germaniyaning Gumboldt universitetining magistratura bosqichi bitiruvchi talabasi.

«Germaniyaga bo‘lgan tashrifingiz davomida yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda qatnashdim. Sizni ko‘rib o‘sha litseydagi quvnoq shodon damlarga bir on bo‘lsada qaytgandek bo‘ldim. Millat taqdiri chin ma’noda bilimli onalar qo‘lida ekanligi bugun har daqiqada o‘z isbotini topmoqda. O‘zim ham yaxshiyam o‘shanda o‘qigan ekanman, ich-ichimdan xursand bo‘laman.

Ertaga ona, beka bo‘ladigan qizlarimizning oliy ma’lumotli bo‘lishi millatimizning chin ma’noda yuksalishi demakdir.

Aynan o‘zim bugun narsalarni qadriga ko‘proq yetgandekman. Ta’limni isloh etilishi millatni ertasiga poydevor qo‘yilishidir. Ilmiy izlanishlarim yakuniga yetishi bilanoq o‘z Ona-Vatanimga qaytaman bir yaxshi farzand sifatida yurtimiz ravnaqiga o‘z hissamni qo‘shaman».

Zulfiya Karimova ( Germaniya)


«Poytaxt ko‘chalaridan ishga kelar ekanman, beixtiyor Mirzacho‘l dalalarida suv lotokni soyasida kitobiga termulib turgan ko‘nglidagi orzularini kimga aytishni bilmay turgan 11 yoshli yoshli qiz ko‘z oldimdan o‘tadi. Bu Sizning harakatingiz, tashabbusingiz hamda bir guruh fidoiy o‘qituvchilarning mehnati natijasidir. Juda ko‘p balandparvoz gaplar aytish mumkin, lekin men yurtimizda haqiqatda eng qiyin damlarda ham ta’limni yuksaltirishga jonini fido qiladigan insonlar ko‘paysin».

Dildora Ergasheva (Toshkent)

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring