Milliy rassomchilik va dizayn instituti Janubiy Koreya universiteti bilan memorandum imzoladi

Janubiy Koreyaning Kemyon universiteti prezidenti Shin Ilhi taklifiga binoan O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nuridinov va Milliy rassomchilik va dizayn instituti rektori Nodirbek Sayfullayev Janubiy Koreyada xizmat safarida bo‘ldi.
Safarning dastlabki kunida YuNESKOning umumjahon boyliklari ro‘yxatiga kiritilgan Andon shahridagi Xaxve tarixiy majmuasiga tashrif buyurildi. Andon shahridagi tashrif davomida Kyongsangbugdo ma’muriyati hamda uning qoshidagi shaharning tarixini so‘zlovchi muzeydagi ko‘rgazma bilan hamda u yerda saqlanayotgan fonddagi ishlar bilan tanishildi. Tashrif so‘nggida Koreya Tashqi ishlar vazirligining Andon shahridagi elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Kemyon universitetining 120 yillik yubileyining tantanali ochilish marosimida ishtirok etildi.
Kemyon universiteti qoshidagi tibbiyot muassasasiga tashrif buyurildi. Shu kuni Kemyon universitetida tashkil etilgan Xalqaro liboslar namoyishi tadbirida ishtirok etildi. Defeleda institut «Libos dizayni» kafedrasi talabalarining 10 ta kolleksiyasidan iborat ishlari namoyish qilindi.
Shuningdek, Kemyon universiteti bilan libos dizayni yo‘nalishi bo‘yicha Qo‘shma Ta’lim Dasturini amalga oshirish maqsadida kelishuv memorandumi imzolandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter