Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onlayn repetitor bilan uyda dars qilamiz

Onlayn repetitor bilan uyda dars qilamiz

Skrinshot

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish maqsadida barcha oliy ta’lim, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim hamda tegishli vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari talabalari, o‘quvchilari va tarbiyalanuvchilari uchun 2020-yil 16-mart kunidan uch hafta muddatga ta’til (karantin) e’lon qilindi.

O‘quvchilarning karantin sababli maktabga borolmay, darslardan qolib ketishining oldini olish maqsadida onlayn darslar ishlab chiqilib, televideniye, ijtimoiy tarmoqlar, maxsus ishlab chiqilgan ilovalar, dasturlar yordamida o‘quvchilarga yetkazish yo‘lga qo‘yildi. Shu sababdan O‘zbekiston radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnik jamiyati (REAITJ) maktab o‘quvchilarining ta’til davrida va kelgusida ham o‘z bilimini mustahkamlash, darslarni o‘zlashtirishini monitoring qilib borishini ta’minlay oladigan tizim ishlab chiqdi.

Bunda o‘quvchida maktab darsliklaridan chetlashmagan holda, mavzulashtirilgan darslarning video hamda matn resurslari tayyorlandi. O‘quvchilar nafaqat darslarni o‘rganadilar, balki o‘rganganlarini sinov topshiriqlari yordamida tekshirib boradilar.

Kamchiliklarini to‘ldirish uchun tizimning o‘zi yordam berishga harakat qiladi. Qiynalgan masalalariga yechish usulini taklif qiladi.

Quyida ushbu Onlayn repetitor o‘qitish tizimining veb-saytidan tizimdan qanday foydalanish batafsil ko‘rsatib berilgan.

Saytdan foydalanish uchun qo‘llanma

Veb-sayt http://wstudy.uz/ domenida ishlamoqda.

Saytga tashrif buyuruvchilar, agar tizimdan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsa, avval ro‘yxatdan o‘tishi kerak.

Bo‘sh maydonlar to‘ldirilib, registratsiya tugmasi bosiladi.

Ro‘yxatdan avval o‘tgan foydalanuvchi shunchaki login va parolni terish orqali tizimga kiradi.

Yuqoridagi amallar muvaffaqiyatli bajarilgandan so‘ng o‘quvchiga tizimning imkoniyatlaridan foydalanish huquqi beriladi.

Onlayn darslarni tomosha qilish.

Kurslar bo‘limida uchta fan matematika, fizika hamda ingliz tili fanlari uchun kurslar tayyorlangan, hozirda matematika fani uchun videodarslar to‘liq shakl maktab darsliklari mavzularidan chetlanmagan holda tayyorlangan, fizika hamda ingiliz tili fanlarining videodarslari montaj jarayonida bo‘lib, tez kunlarda ularni ham o‘quvchilarga havola etamiz.

Videodarslarni quyidagi tartibda tomosha qilish mumkin:

Menyudan Kurslar bo‘limi tanlanadi:

Kerakli kurs tanlanadi, masalan, matematika.

Keyingi oynada tanlangan kursning mavzulari ro‘yxati ochiladi. Kerakli mavzu tanlangandan so‘ng tayyorlangan videodars, matn konspekti hamda mavzu bo‘yicha sinov savollari beriladi.

  

O‘quvchi darsni diqqat bilan o‘rganadi hamda sinov savollarini ishlab chiqadi. Agar sinov savoliga o‘quvchining bergan javobi noto‘g‘ri hisoblansa to‘g‘ri javob ko‘rsatilib, ushbu savolning yechimi keltiriladi. Bu esa o‘quvchining kelgusida shunga o‘xshagan savollarga to‘g‘ri javob topishida yordam beradi.

O‘quvchi o‘rgangan darsi bo‘yicha sinov testlarini ishlab, o‘zlashlashtirish ko‘rsatkichini bilib boradi. Har bir mavzuning o‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilganlik darajasi ko‘rsatib boriladi.

O‘quvchi berilgan masalaning javobini bilmasa yoki tanlagan javobi xato bo‘lsa shu masalaning ishlanish usuli ko‘rsatiladi.

Agar o‘quvchi foiz ko‘rsatkichini oshirmoqchi bo‘lsa, ushbu mavzuni takroran o‘rganib, masalalarga to‘g‘ri javob topishi talab etiladi.

Bundan tashqari, o‘quvchilar yuqorida keltirilgan uch fan bo‘yicha blok testlarni ishlab, bilimlarini tekshirishlari mumkin.

Buning uchun asosiy menyudan Test yechish bo‘limi tanlanadi.

Har bir fan uchun 30 tadan jami 90 ta test savoli generatsiya qilib beriladi. Boshlash tugmasi bosilganda test yechish uchun start beriladi. Test yechish uchun 180 daqiqa ajratiladi. Ajratilgan vaqt tugaganda yoki test yechish jarayoni o‘quvchi tomonidan yakunlanganda testlar tizim tomonidan tekshiriladi va har bir fanning natijalari ko‘rsatiladi.

O‘quvchining har bir test natijalari saqlanib boriladi va o‘zining shaxsiy kabinetida natijalar tarixini ko‘rishi mumkin.

Muhsin Muhitdinov,
REAITJ raisi o‘rinbosari,

Abdumajid Akramov,
REAITJ ilmiy xodimi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring