Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

1 aprelga qadar yana bir portal yaratiladi

1 aprelga qadar yana bir portal yaratiladi

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglar va indekslardagi o‘rnini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilingani to‘g‘risida xabar bergan edik.

Unda O‘zbekistonda Milliy monitoring tizimi yaratilishi, shuningdek, «davlat xizmatlarining sirli mijozi» instituti joriy etilishi belgilandi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul bo‘lgan boshqa vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari bilan birgalikda 2019-yil 1-aprelga qadar internet tarmog‘ida «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalini yaratish vazifasi topshirildi.

Ushbu yagona portal:

  • xalqaro reytinglar bo‘yicha yillik hisobotlar, shuningdek, hisobotlarni o‘rganish va e’lon qilish muddatlarini ko‘rsatgan holda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ishlar ahvolini yaxshilashga qaratilgan xalqaro tashkilotlar va ekspertlarning tavsiyalari;
  • xalqaro reytinglar indikatorlari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribasiga oid axborotlar;
  • tegishli reytinglar yo‘nalishlari bo‘yicha jamoatchilik fikri so‘rovnomalari, shuningdek, ijtimoiy va ilmiy tadqiqotlar natijalari;
  • xalqaro reytinglar savolnomalari shaklida har bir indikator kesimida to‘liq va aniq ma’lumotlar, shu jumladan, statistik ma’lumotlar;
  • tegishli reytinglar bo‘yicha turli ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish imkoniyati;
  • tegishli xalqaro reyting metodologiyasi bo‘yicha onlayn o‘qitish resursi;
  • respondentlar tomonidan joylarda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni taqdim etishni o‘z ichiga olgan.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portali faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va yangilash bo‘yicha mas’ul organ etib belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari har chorak yakuni bo‘yicha keyingi oyning 15 sanasiga qadar O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, zarur statistik axborotlar va boshqa materiallarni taqdim etishni ta’minlaydi.

Bunda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirliklar, idoralar va tadqiqot institutlari rahbarlari «O‘zbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda» yagona portalida e’lon qilinadigan axborotlarning ishonchliligi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring