Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

100 ming dollarlik musobaqa!

100 ming dollarlik musobaqa!

Farg‘ona viloyati Raqamli texnologiyalar markazida «mGovAward» tanlovi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda yoshlar xususan, OTM talabalari va maktab o‘quvchilar qatnashishdi va o‘zlarining savollariga tanlov tashkilotchilaridan javob olishdi.

Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Farg‘ona viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park va Raqamli texnologiyalar markazi vakillari ishtirok etdilar.

Eslatib o‘tamiz, Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun eng yaxshi va samarali mobil ilovasini ishlab chiqishga yo‘naltirilgan «mGovAward» respublika ko‘rik-tanlovi IT Park tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida Birlashgan Arab Amirliklari Davlat ishlari vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Tanvlovning maqsadi nafaqat dolzarb va amaliy jihatdan samarali mobil ilovalarni ishlab chiqish, shu bilan birga yoshlarni davlat qurilish jarayonlariga va ijtimoiy hayotga keng jalb qilish. Tanlovning muhim shartlaridan biri — unda faqatgina jamoa ishtirok etishi mumkin.

Mazkur tanlov qo‘yidagi yo‘nalishlar bo‘yichi o‘tkaziladi: ta’lim, sog‘likni saqlash, turizm va madaniyat, tadbirkorlik, transport va logistika. G‘oliblarga birinchi o‘rin uchun 50 ming dollar, ikkinchi o‘rin uchun 30 ming dollar, uchinchi o‘rin uchun esa 20 ming dollar miqdoridagi mukofotlar topshishiriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring