AKT vazirligi va ZTE korporatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Bugun, 2-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov Xitoyning ZTE Corporation katta vitse-prezidenti Chjunxua Mey bilan uchrashdi.
Vazirlik axborot xizmatining xabar berishicha, AKT vazirligi va ZTE Corporation o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolangan.

Mazkur uchrashuvda vazir mehmonni qutlar ekan, Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalarining O‘zbekiston bozoridagi faol ishtiroki mamlakatlarimiz o‘rtasidagi samarali hamkorlik hamda respublikamizda qulay investitsiya muhiti yaratilgani natijasi ekanini ta’kidladi.
Mobil va simli keng polosali ulanish (internet) tarmoqlarini kengaytirishning istiqbollari muhokamalarning markaziy mavzusiga aylandi. Shuningdek, kadrlar tayyorlash va soha mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

ZTE korporatsiyasining katta vitse-prezidenti kompaniya O‘zbekistonda o‘z faoliyatini yanada faollashtirishga tayyor ekanini bildirdi.
Vazirlik tomonidan ham zamonaviy va talab yuqori bo‘lgan telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun eng yangi texnologiyalarni joriy etish yuzasidan hamkorlikdagi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda ZTE korporatsiyasining O‘zbekistondagi telekommunikatsiya operatorlari bilan yaqindan hamkorlik qilishi qo‘llab-quvvatlanishi ma’lum qilindi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter