Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azim Axmedxadjayev «Airbus Group» aerokosmik korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Azim Axmedxadjayev «Airbus Group» aerokosmik korporatsiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev «Airbus Group» korporatsiyasining Yevroosiyo mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti Silver Delone bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

«Airbus Group» delegatsiyasi. Foto: «Mitc.uz»

Uchrashuvda O‘zbekiston tomoni Yevropaning «Airbus Group» aerokosmik korporatsiyasiga qarashli «Airbus Defence & Space» kompaniyasining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniya harbiy va aerokosmik xizmatlarni ko‘rsatuvchi, uskunalar, mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik muassasa hisoblanadi.

Uchrashuvda tomonlar kosmik tadqiqotlarni tashkil qilish, yuqori texnologiyalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirishni kelishib oldilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring