Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek olimining dissertatsiya ishi natijalari Koreyaning GEO2 kompaniyasida joriy etildi

O‘zbek olimining dissertatsiya ishi natijalari Koreyaning GEO2 kompaniyasida joriy etildi

Yosh olim Muzaffar Jalolov.

Foto: xabar.uz

Yaqinda yosh olim, «UNISON.UZ» DUK direktori o‘rinbosari Muzaffar Jalolov «Statistik-fazoviy ob’yektlarni aniqlash va tanish monitoringida televizion tasvirlarga raqamli ishlov berish tizimi» mavzuidagi doktorlik (PhD) ishini himoya qildi.

«Himoyagacha bo‘lgan davrda tadqiqot mavzuim bo‘yicha jami 25ta ilmiy ishim chop etildi. Jumladan, ulardan uchtasi xorijiy jurnallarida nashr qilindi. Dissertatsiya ishim natijalari  «UNISON.UZ» DUK va Koreya Respublikasining GEO2 kompaniyasida joriy etildi», dedi Muzaffar Jalolov.

Jahonda turli televizion tasvirlarga raqamli ishlov berish tizimlari, avtotransport vositalari uchun statik-fazoviy ob’yektlarni avtomatik aniqlash va tanish tizimlarini takomillashtirish borasida odamlarning biometrik ma’lumotlari yordamida ularning shaxsini identifikatsiyalash, avtomobillarning raqamli belgilarini tanib olishni yaratish, kuzatiladigan joydagi xavfli jismlarni aniqlashni takomillashtirish, avtomobil yo‘llaridagi to‘siqlarni aniqlash tizimi, yo‘l belgilarini tanish tizimlarini ishlab chiqish kabi maqsadli ilmiy-tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilyapti.

Ammo mos ma’lumotlar omboridan foydalaniladigan real vaqt tartibida istalgan statik-fazoviy ob’yektlarni tanish uchun universal televizion tizimlar yaratishga bag‘ishlangan ilmiy izlanishlar hozirgi kunda yetarli darajada emas.

Shuning uchun o‘zbek olimining statik-fazoviy ob’yektlarni aniqlash va tanish muammosini yechishning yangi yo‘nalishi bo‘yicha tadqiqotlari natijalari yangilik bo‘ldi. Unda ilmiy-uslubiy asoslari mavjud texnologiyalarni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan vizual monitoring qilish va videokuzatuv tizimlari uchun freymvorklar (tuzilmalar), usullar, algoritmlar va dasturiy komplekslar keng spektri ishlab chiqilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring