Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi“ DUK Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasiga rasman a’zo bo‘ldi (video)

“O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi“ DUK Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasiga rasman a’zo bo‘ldi (video)

Foto: Xabar.uz

Joriy yilning 11 aprel kuni poytaxtimizdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida a’zolikni rasman tasdiqlash maqsadida tantanali ravishda sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ochib berdi. "O‘zTTBRM" DUK direktori Ulug‘bek Shakirov esa o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellektni rivojlantirish imkoniyatlari, Assotsiatsiyaga kirishning ahamiyati va "O‘zTTBRM" DUK loyihalarida sun’iy intellektni joriy etish va hamkorlik istiqbollari haqida aytib o‘tdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasi raisi Vladimir Norov “O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi“ DUKni Markaziy Osiyo sun’iy intellekt assotsiatsiyasiga a’zolik sertifikati bilan muborakbod etar ekan, sun’iy intellekt texnologiyalarning bugungi kundagi ahamiyati haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — a’zolikni rasman tasdiqlash bilan bir qatorda raqamlashtirish va sun’iy intellekt sohasidagi mahalliy va mintaqaviy hamkorlik doirasida sheriklik aloqalarini mustahkamlashdan iborat. "O‘zTTBRM" DUKning Assotsiatsiyaga a’zo bo‘lishi sun’iy intellekt sohasida xalqaro muloqot, innovatsion ishlanmalar va ilg‘or tajribalar almashish uchun yangi imkoniyatlar ochilishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, tadbir davomida "O‘zTTBRM" DUK vakillari tomonidan O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini kompleks avtomatlashtiradigan boshqarish tizimi va bank firibgarligiga qarshi kurashuvchi — Telecom Antifraud kabi loyihalar bo‘yicha ham alohida taqdimotlar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun, kompleks ABT bir qancha modullarni o‘z ichiga oladi. Jumladan:

— Fault Management moduli orqali telekommunikatsiyalar tarmoqlarida avariyalarni avtomatik aniqlash va bartaraf etish orqali xizmat uzluksizligini ta’minlanadi, shuningdek, real vaqt rejimida tarmoqlarni monitoringini olib borib, tahlillar asosida aniq choralar ko‘riladi;

— Performance Management moduli orqali mobil aloqa baza stansiyalarining sifat ko‘rsatkichlari, qo‘ng‘iroq va internetdagi uzilishlar aniqlanib, operatorlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralarini ko‘rish imkonini beradi;

— Drive-test moduli orqali maxsus avtomashina va ryukzaklarga joylangan qurilmalar yordamida xududlarda mobil aloqa tarmoqlaridagi signal sifati o‘lchanadi.

Radiomonitoring natijalari asosida xizmat sifatlari baholanib, qamrov darajasi past bo‘lgan hududlarni aniqlab, joylardagi holatni takomillashtirish choralari ko‘riladi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda 36 ta tijorat banki va 44 ta to‘lov tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Chiqarilgan bank plastik kartalarining umumiy soni 63 millionga yetdi. Bank ilovalarining rivojlanishi va onlayn xizmatlar ko‘lamining kengayishi bilan bir qatorda bank kartalaridan mablag‘larni o‘g‘irlash bilan bog‘liq firibgarlik holatlari ham ortib bormoqda.

Bu boradagi jinoyatchilik holatlari o‘sishining oldini olish maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligining "O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish respublika markazi" DUK Markaziy bank va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda Telecom Antifraud tizimini ishlab chiqdi va uni amaliyotga joriy etmoqda.

Ushbu tizimdan foydalanish orqali bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik darajasini sezilarli darajada kamaytirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, tizim foydalanuvchining xatti-harakat omillarini, masalan, operatsiyalar chastotasi va geografiyasini, shuningdek, g‘ayritabiiy kirish urinishlarini tahlil qiladi. Agar shubhali harakatlar aniqlansa, Telecom Antifraud mijozning shaxsi tasdiqlanmaguncha qo‘shimcha tekshiruv o‘tkazishi yoki harakatni bloklashi mumkin.

Tahlilchilarning aytishicha, Telecom Antifraud tizimining ishga tushirilishi bank firibgarligi darajasini 50-75 foizga kamaytiradi. Moliya muassasalari va huquqni muhofaza qilish organlarining ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyalashuvi tufayli Telecom Antifraud firibgarlar va ularning sxemalarini tezroq aniqlashga yordam beradi, bu esa moliyaviy jinoyatlarga qarshi kurashni yanada samarali va tezkorligini oshiradi.

Quvonarlisi, tadbir yakunida ishtirokchilar sun’iy intellekt sohasidagi hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidlagan holda, ushbu yo‘nalishda mintaqaning texnologik salohiyatini birgalikda rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga ishonch bildirdilar.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring