Prezidentning Virtual qabulxonasi to‘liq tartibda ish boshladi

Joriy yilning 26-iyulidan Prezidentning Virtual qabulxonasi to‘liq rejimda ish boshladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1-fevralida Prezident Virtual qabulxonasining dasturiy tizimining yangi talqini sinov rejimida ishga tushirilgan edi. Virtual qabulxonaning faoliyati davomida shu kunga qadar tizimga 2 211 396 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 2 050 260 tasi tegishli organlar tomonidan ko‘rib chiqilgan.
Virtual qabul qilishning asosiy xususiyatlari:
- Fuqaro Virtual qabulxonada o‘z shaxsiy kabinetini ochishi mumkin;
- Ko‘p beriladigan savollarga batafsil javoblar olish;
- Portal orqali onlayn rejimida huquqiy maslahat olish;
- Davlat organlari rahbarlariga Prezident Virtual qabulxonasi orqali ham murojaat yo‘llash;
- Xalq qabulxonalari haqidagi barcha ma’lumot bilan portal orqal ham tanishish;
- Mahallangizni ko‘rsating va muammolar yechimiga hissa qo‘shish;
- Ta’qib bo‘lsa, tezkor xabar berish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi — jamiyatda mavjud muammolarni hal qilishning samarali vosita sifatida ko‘p bora e’tirof etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter