Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik tadbirlari o‘tmoqda

Toshkentda Aloqa sohasida hududiy hamdo‘stlik tadbirlari o‘tmoqda

Foto: «Mitc.uz»

Toshkent shahrida Radiochastota spektri va yo‘ldosh orbitalaridan foydalanishni tartibga solish bo‘yicha Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik (ASHH) komissiyasining 15-majlisi boshlandi. Ushbu tadbir 31-may kuni yakunlanadi. Bu haqda AKT vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Majlis ochilishida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari B.Olmatov so‘zga chiqdi.

Komissiya ishida ASHH ishtirokchi-mamlakatlarida radiochastota spektridan foydalanish, radiotexnologiyalarning dolzarb masalalari, uning uchta Ishchi guruhi faoliyati natijalari ko‘rib chiqiladi.

Foto: «Mitc.uz»

2019-yilning 28-31-may kunlarida Komissiya ishchi guruhining majlislari ham bir paytda o‘tkaziladi.

Qayd etilishicha, ASHH tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ko‘magida o‘tkazib kelinadi.

Jumladan, bugun 2019-yilgi Radioaloqa Assambleyasi va Radioaloqa Butunjahon anjumaniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha Ishchi guruhining 8-majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Ishchi guruhi anjuman davomida himoya qilishlari uchun kun tartibidagi bandlar bo‘yicha ASHH mamlakatlarining hududiy pozitsiyasini tayyorlash masalalarini muhokama qilmoqdalar.

Shuningdek, Radioeshittirish bo‘yicha Ishchi guruhning 12-majlisi hamda Radiochastotalarni boshqarish bo‘yicha Ishchi guruhning 13-majlisi ham ish boshlagan.

Yig‘ilishlarda ishtirokchilar raqamli teleuzatishlarni tatbiq etishda radiochastotalar bo‘yicha muayyan jihatlar (aspektlar)ni, yo‘ldoshli navigatsiya tizimlarining to‘siqlarsiz ishlashi, narsalar interneti tizimiga mashinalarning o‘zaro ta’siri uchun simsiz aloqa texnologiyalaridan foydalanish va boshqa masalalar muhokama qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring