Trampning twitter-akkaunti Baydenga o‘tadi

«Twitter» ijtimoiy tarmog‘i Oq uyning idoraviy akkauntlarini Jo Bayden ma’muriyatiga topshirishga hozirlikni boshladi, yozmoqda CNN.
Akkaunt rasman AQShning saylangan prezidenti inauguratsiyasi kuni — 2021-yilning 20-yanvarida yangi egasiga topshiriladi.
Xuddi 2017-yilgi prezidentlar almashinuvidagi kabi, jarayon Arxivlar milliy boshqarmasi bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirilyapti, dedi «Twittyer» vakili Nik Pasilio.
Tramp ma’muriyatining barcha tvitlari Arxivlar milliy boshqarmasi tomonidan arxivlanadi. Qolaversa, birinchi xonim hamda matubot kotibining ijtimoiy tarmoq sahifalari ham demokrat-prezident vakillariga o‘tadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter