Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xakerlar 21 million foydalanuvchining «xotirasi»ni o‘g‘irlashdi

Xakerlar 21 million foydalanuvchining «xotirasi»ni o‘g‘irlashdi

Foto: «Techspective.net»

«Timehop» servisining 21 million foydalanuvchisi ma’lumotlari 4 iyul kuni uyushtirilgan kiberhujum oqibatida xakerlar qo‘liga tushgan. «Life.ru» yozishicha, bu haqda servis blogida xabar qilingan.

«Timehop» vakillari kiberjinoyatchilar ma’lumotlarni o‘marish uchun bulutli serverga kirishganini aytishmoqda. Yo‘qolgan narsalar: nomlar, elektron pochta manzillari, telefon raqamlari. Foydalanuvchilarning fotosuratlari va postlari daxlsiz qolgan.

Ayni paytda «Timehop» tizimga kirish kalitlarini o‘chirib qo‘yib, axborot xavfsizligi mutaxassislari bilan ish olib boryapti. Har bir foydalanuvchining logini va paroli yangilandi.

«Timehop» xotiralar servisi hisoblanadi: turli ijtimoiy tarmoqlarga ulanib, foydalanuvchilarga ular bilan avval sodir bo‘lgan muhim voqea va sanalarni eslatib turadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring