Yagona portalda bir nechta qulayliklar jamlanmasi taqdim etildi

Endi Yagona portaldagi shaxsiy kabinetingiz orqali umumiy ma’lumotlarni ko‘rish barobarida tegishli xizmatlardan yanada oson foydalanishingiz mumkin.
Jumladan shaxsiy kabinetingizning:
Xizmat faoliyati bo‘limida – ta’lim darajasi va ish tajribasi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, xizmat faoliyatingiz haqidagi ma’lumotlarga my.mehnat.uz portali orqali tuzatishlar kiritishingiz mumkun.
Mening arizalarim bo‘limida arizalar holati bilan tanishasiz.
Ko‘chmas mulk bandidan kadastr raqami va yashash manzili to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.
Oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar esa Mening oilam bandiga kiritilgan.
Mening kartalarimdan – foydalanuvchi tomonidan elektron davlat xizmatlari uchun to‘lovlarni amalga oshirish maqsadida kiritilgan bank plastik kartalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rin olgan.
To‘lovlar bo‘limiga kartangizni qo‘shish orqali budjet va kommunal, internet-provayderlar, uyali aloqa operatorlari kabi 85 turdagi xizmatlar uchun to‘lovlarni onlayn tarzda amalga oshirishingiz mumkin.
Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish natijasida amalga oshirilgan jarayonlar To‘lovlar tarixi bo‘limida aks etadi (taqdim etilgan kvitansiyani esa yuklab olish imkoniyati bor).
Shuningdek, sizga har kunlik valyutalar kursi bilan tanishib borish imkoniyati ham taqdim etiladi.
Shu bilan birga, avtomobil transportining tegishli ma’lumotlarni avtotransport vositalari qatoriga qo‘shish orqali Siz jarimalar haqidagi xabarnomadan ham ogoh bo‘lib turishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter