Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Samsung Electronics» «Intel»ni o‘tkazib yubordi

«Samsung Electronics» «Intel»ni o‘tkazib yubordi

Foto: «KnowHow»

Jahon yarimo‘tkazgichlar bozorining 2019-yil birinchi choragi hisoboti chiqdi. Unda aytilishicha, jahon bozori savdo hajmi 2019-yil ilk choragida $73,54 mlrd.ga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davr ko‘rsatkichidan 16 foizga kamdir.

«Intel» (AQSh) savdo ko‘rsatkichlari bo‘yicha global bozor yetakchisiga aylandi — $15,79 mlrd.

O‘tgan yilgi chorakdan 34 foiz kam mahsulot sotgan Janubiy Koreyaning «Samsung Electronics» kompaniyasi ikkinchi o‘ringa tushdi — $12,86 mlrd. Bu yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi eng yirik 15 kompaniya orasidagi eng katta yo‘qotish.

Tayvanning «Taiwan Semiconductor Manufacturing Company» (TSMC) kompaniyasi savdo ko‘rsatkichlari 16 foizga ($7,09 mlrd.), Janubiy Koreyaning «SK Hynix» kompaniyasi ko‘rsatkichlari 26 foizga ($6,02 mlrd.), AQShning «Micron Technology» korporatsiyasi ko‘rsatkichlari 27 foizga ($5,47 mlrd.) pasaygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring