«Yomg‘irdan qochib qorga ...»: Xitoy kompaniyalari «qora ro‘yxat»ga tushdi

AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) bir nechta Xitoy kompaniyasini milliy xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchilar ro‘yxatiga kiritdi.
«Qora ro‘yxat»ga kiritilgan kompaniyalarning barchasi telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaruvchilar: «Huawei Technologies Co.», «ZTE Corp», «Hytera Communications Corp.», «Hangzhou Hikvision Digital Technology Co.» va «Dahua Technology Co.».
Vaziyatga qarab ro‘yxat yangilanadi, deyiladi federal komissiya bayonotida.
Endi AQSh kompaniyalari, xususan, «Huawei»ga yarim o‘tkazgichlar, batareyalar va 5G uchun antennalarga uchun butlovchi qismlarini sotisha olmaydi.
Yangi prezident Baydendan ko‘pchilik Xitoy bilan nizoni yumshatishini kutgandi. Amalda esa teskarisi. Uning ma’muriyati Tramp sanksiyalarini bekor qilish tugul, yangilarini kiritmoqda. Aftidan, keyingi to‘rt yilda Xitoyni tiyib turish Baydenning ham chekiga tushgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas