Abramovich uchun 145 metrli yaxta qurilayotgani ma’lum bo‘ldi (foto)
![Abramovich uchun 145 metrli yaxta qurilayotgani ma’lum bo‘ldi (foto)](http://static.xabar.uz/crop/3/9/720_460_95_3928619444.jpg)
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich yangi yaxta qurmoqda. Tarmoqda 145 metrli Solaris kemasining suratlari paydo bo‘ldi.
Forbes nashrining yozishicha, Germaniyaning Lloyd Werft kemasozlik zavodida biznesmen uchun yaxta qurilmoqda.
Solaris — temir korpusli va alyuminiy ustqurmali tuzilishga ega super yaxta-eksplorer. U tik daraxtidan yasalgan sakkizta paluba, lift, trenajyor zali, vertolyot maydonchasi, jakuzi, suzish havzasi, shuningdek, vertolyot uchun angar hamda tenderlar — hamrohlik qiluvchi kemalar uchun garajdan iborat. Yaxtaning 48 ta kyutasiga 36 nafar yo‘lovchi va 60 ta ekipaj a’zosi joylashishi mumkin.
Yaxta uchun M-Solo & M-Sola nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tgan ikkita Airbus ACH145 vertolyotlariga buyurtma berilgan.
RBK ma’lumotlariga ko‘ra, u dunyodagi eng katta qo‘llab-quvvatlovchi kemaga aylanadi. Mutaxassislarning fikricha, yaxtaning narxi taxminan 250-300 million dollarni tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter