Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShda davlat xizmatchilarini keskin qisqartirish boshlandi

AQShda davlat xizmatchilarini keskin qisqartirish boshlandi

Foto: Unsplash

AQShda millionlab davlat xizmatchilari qisqartirishga tushdi — ularga sakkiz oylik maosh to‘lanib, bu davrda ko‘zda tutilgan imtiyozlardan foydalanish huquqi saqlanib qolishi ko‘rsatilgan xatlar jo‘natilmoqda. Amerika hukumatini qisqartirish bo‘yicha jiddiy qadam tashlanmoqda, deb xabar berdi BBC.

E’tiborli tomoni, qisqartirishlar tashabbusiga koronavirus pandemiyasidan so‘ng masofadan ishlayotgan barcha davlat xizmatchilariga ishxonaga qaytish talabi qo‘yilganidan so‘ng kirishildi. Davlat idoralarida ishlovchi millionlab amerikaliklarga kelgan xatlarda 6-fevralgacha bir qarorga kelish shartligi aytilgan. Agar ular ishdan bo‘shashga rozilik berishsa, 8 oylik maoshni olishadi va bu davrda ko‘zda tutilgan barcha imtiyozlardan foydalanish huquqi saqlanib qoladi.

Prezident Donald Tramp ma’muriyati ushbu taklifga davlat xizmatchilarining 10 foizi yoki 200 ming nafari rozilik berishini kutmoqda. Qisqartirish islohoti hukumatga 100 mlrd dollargacha tejab qolishda yordam beradi, deyishmoqda Trampning tarafdorlari.

Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi ishdan bo‘shashni istamaganlar kelajakda baribir qisqartirishga tushishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring