Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShlik olim COVID-26 va COVID-32 xavfidan ogohlantirdi

AQShlik olim COVID-26 va COVID-32 xavfidan ogohlantirdi

Amerikalik olim Piter Xotezning ta’kidlashicha, insoniyat COVID-19 ning sabablarini batafsil aniqlash kerak, aks holda COVID-26 va COVID-32 bizga xavf soladi. Bu haqda NBC News kanali efirida so‘zlagan nutqida aytib o‘tgan.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, hozirgi COVID-19 pandemiyasi 2002-2003-yillardagi SARS epidemiyasi va Yaqin Sharqdagi MERS nafas qisish sindromidan keyin «XXI asrda koronavirusning uchinchi yirik epidemiyasi yoki pandemiyasi».

«Agar biz COVID-19 ning kelib chiqishini to‘liq tushunmasak, u holda kelajakda COVID -26 va COVID-32ga duch kelamiz», — deydi Xotez.

Yangi koronavirusning «avj olishini» tekshirish kerak. Buning uchun virusologlar, epidemiologlar va boshqa mutaxassislar epidemiya boshlangan Xitoyning Uxan shahriga yuborilishi kerak. Kasallik paydo bo‘lgan joyda ular ma’lumotlar va kerakli namunalarni to‘plash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Xotezning aytishicha, agar Xitoybu ishga bosh qo‘shmasa, COVID-19 ning kelib chiqishi to‘g‘risida ma’lumotlarni olish muammoli bo‘ladi.

Pekinga qattiq bosim o‘tkazish, shu jumladan mumkin bo‘lgan barcha sanksiyalarni kiritish kerak, shunda mutaxassislar hayvonlar, odamlar, namunalar va laboratoriyalarga to‘siqsiz kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, deya fikrini yakunlagan olim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring