«AQShni xavotirga solgan suhbat» qachon e’lon qilinishi aytildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan intervyu 9 fevral kuni e’lon qilinadi, deya ma’lum qildi amerikalik teleboshlovchi Taker Karlson.
Intervyu uning veb-saytida e’lon qilinadi. Rossiya matbuoti bu suhbat «AQShni xavotirga solgani» haqida yozdi.
Qayd etilishicha, Karlson 1 fevral kuni Moskvaga borgan. Keyinroq u Putindan intervyu olish niyati borligini ma’lum qilgan. U bu qarorini amerikaliklar Rossiya va Ukrainada nimalar bo‘layotgani haqida «hech qanday tasavvurga ega emasligi» bilan izohlagan.
Teleboshlovchining so‘zlariga ko‘ra, G‘arb OAVlari 2022 yil fevralidan beri Rossiya prezidentidan intervyu olishga «urinmayapti».
MSNBC sharhlovchisi Frenk Figlyussi esa Rossiya rahbari qariyb to‘rt yil davomida «qonuniy» G‘arb jurnalistlariga intervyu berishdan bosh tortgani, ammo Karlson bilan gaplashishga rozi bo‘lgani «shubhali» ekanini aytgan.
Kreml Karlson Putindan intervyu olganini tasdiqladi. «U tayyor bo‘lishi bilanoq e’lon qilinadi», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter