Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning bir nechta agentliklari yirik kiberhujumga uchradi

AQShning bir nechta agentliklari yirik kiberhujumga uchradi

AQShning bir nechta federal agentliklari yirik kiberhujumga uchradi, deya xabar bermoqda CNN.

«Kiberxavfsizlik agentligi  ular foydalanadigan MOVEit ilovasi bilan bog‘liq xakerlik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lgan bir nechta federal agentliklarga yordam bermoqda», – dedi Kiberxavfsizlik agentligi vakili Erik Goldshteyn.

Agentlik CNNning buzg‘unchilik ortida kim turgani va qancha bo‘limga ta’sir qilgani haqidagi savoliga javob bermadi.

Telekanal ikki hafta oldin AQShning asosiy universitetlari va alohida shtatlarning hukumatlariga qarshi kiberhujumlar boshlanganini eslatdi. Xususan, Jons Xopkins universiteti xakerlar shaxsiy va moliyaviy maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkinligini ma’lum qildi.

Jorjiya Universitet tizimi ma’muriyati avvalroq ular kiber-xakerlik miqyosi va undan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan zararni o‘rganayotganini tasdiqlagan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring