Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQShning ikki shtatida xavfli virus sabab komendantlik soati joriy etildi

AQShning ikki shtatida xavfli virus sabab komendantlik soati joriy etildi

AQShda ikki shtat aholisi sharqiy ot ensefaliti tarqalishi sababli kechki payt uylarini tark etmaslikka chaqirildi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.

Vermont va Massachusets shtatlarida kechki ommaviy tadbirlar odamlarning halokatli kasallikka chalinish xavfi tufayli bekor qilina boshladi. Bu virusni chivinlar olib yuradi.

Odamlarda u miyaning shishishiga olib kelishi va o‘limga olib kelishi mumkin.

Mahalliy sog‘liqni saqlash departamenti shtatlar aholisiga chivinlar faolligining kuchayishi davrida 18:00 dan 6:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qildi.

Sharqiy ot ensefaliti asosan Amerika Qo‘shma Shtatlarining sharqiy qismida uchraydi, ammo boshqa mintaqalarda bu holatlar faniqlanishi ehtimoldan yiroq emas. Epidemiyalar ko‘pincha chivin faolligi eng yuqori bo‘lgan issiq oylarda sodir bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring