Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Bayden Kim Chen Inga «salom» yo‘lladi

Jo Bayden Kim Chen Inga «salom» yo‘lladi

AQSh prezidenti Jo Bayden KXDR rahbari Kim Chen Inga salom yo‘lladi, deb yozadi Janubiy Koreyaning «Choson Ilbo gazetasi Oq uydagi jurnalistlarga tayanib.

Amerika yetakchisi Hyundai Motor Group rahbari Chon Iy Son bilan uchrashganidan so‘ng jurnalistlar Baydendan Kim Chen Inga aytadigan gaplari bor-yo‘qligini so‘rashdi.

Jo Bayden «salom» deb javob berdi va biroz to‘xtalishdan keyin qo‘shib qo‘ydi: «Hammasi shu».

Avvalroq AQSh prezidenti o‘zining Osiyo bo‘ylab safari chog‘ida KXDRning amalga oshirishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan, jumladan, ehtimoliy yadroviy sinovdan xavotirda emasligini, chunki Amerika tomoni Pxenyan qo‘ygan har qanday qadamga javob berishini ma’lum qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp prezidentligi davrida KXDR bilan aloqalar bir qadar iliqlashgandi. Hatto Tramp Kim Chen In bilan uch marta uchrashishga ham ulgurgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring