Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayrutda yana ofat: Livan poytaxtidagi ulkan binoga o‘t ketdi (video)

Bayrutda yana ofat: Livan poytaxtidagi ulkan binoga o‘t ketdi (video)

Foto: «alarabiya.net»

Livan poytaxtida yana bir favqulodda holat yuz berdi. Bayrut markazidagi ulkan binoda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in bartaraf etilgan. Jabrlanganlar haqida esa ma’lumot yo‘q.

Bir necha yillardan buyon qurilayotgan bu binoning bitishiga oz qolgan edi.

Ushbu holat Bayrut portidagi yong‘indan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi.

Xabaringiz bor, u yerda avgust oyining boshida kuchli portlash sodir bo‘lgandi. Portlash natijasida 190 nafardan ortiq kishi vafot etgan, 6 mingdan ortig‘i jarohat olgandi. Yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring