Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT aholisi shiddat bilan o‘sayotgan davlatlarni ma’lum qildi

BMT aholisi shiddat bilan o‘sayotgan davlatlarni ma’lum qildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti hisobotiga ko‘ra, Hindiston 2023-yilda Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatga aylanadi. Bu haqda France 24 xabar bermoqda.

Har ikki mamlakat aholisi hozirda taxminan 1,4 milliard kishini tashkil qiladi.

Bundan tashqari, BMT 2022-yil 15-noyabrda dunyo aholisi soni 8 milliard kishiga yetishini bashorat qilgan.

Shu bilan birga, dunyo aholisi o‘sishining yarmidan ko‘pi bor-yo‘g‘i sakkizta davlatga tegishli. Bular: Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya.

«Bu bizning turfa xilligimizni nishonlash, umuminsoniylikni e’tirof etish va o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshgani, onalar va bolalar o‘limini sezilarli darajada qisqartirgan sog‘liqni saqlash sohasidagi yutuqlarga qoyil qolish uchun sababdir», — deydi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hisobotda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring