Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniya shahzodasi tarixda ilk bor Isroilga tashrif buyuradi

Britaniya shahzodasi tarixda ilk bor Isroilga tashrif buyuradi

Foto:«Third Sector»

Buyuk Britaniya taxtining ikkinchi vorisi shahzoda Uilyam kelgusi oy Isroil va Iordaniyaga safari chog‘ida Quddus shahriga ham to‘xtab o‘tadi. Bu haqda «Haber7» xabar qilmoqda.

Shu yil 24 — 28-iyun kunlari amalga oshiriladigan ziyorat Iordaniya poytaxti Ummondan boshlanadi. Tel-Aviv va Quddusdan keyin Ramallohda nihoyasiga yetadi.

Qirollik oilasi vakillari 1948-yildan beri, ya’ni Isroil mustaqillikka erishgandan beri Tel-Avivga bormagan.

2016-yili Isroilning sobiq prezidenti Shimon Peres vafot etganida Uilyam otasi shahzoda Charlz bilan dafn marosimida qatnashgan, biroq bu safarga rasmiy tus berilmagan edi.

Angliya taxtining vorisi kim ekani haqida turli qarashlar mavjud. Qirolicha Yelizavetadan keyin taxtga 69 yoshli shahzoda Charlz o‘tiradi. Undan keyin o‘g‘li Uilyam qirollik qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring