Britaniya tanklardan voz kechmoqchi — OAV

«Challenger 2» tanklari.
Buyuk Britaniya armiyasi qurolli kuchlarni zamonaviylashtirish jarayonida tanklar xizmatidan to‘liq voz kechishi mumkin. Bu haqda «The Times» gazetasi yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, 227 ta «Challenger 2» tanki va 388 ta «Warrior» piyodalar jangovar mashinasini yangilashga anchagina mablag‘ ketadi.
Qirollikning mudofaa idorasi, qolaversa, ushbu texnikalar bugungi jang usullari va xususiyatlariga mos kelmasligini ta’kidlagan. Buning o‘rniga kiberqurollanish va kosmik texnologiyalarga ko‘proq e’tibor qaratgan ma’qul, deyilmoqda.
Rasmiy London NATOdagi o‘z roli va uni o‘zgartirish borasida tadqiqotlarga kirishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter