Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Britaniyaning besh hukmdori davrida yashagan keksa fuqaro vafot etdi

Britaniyaning besh hukmdori davrida yashagan keksa fuqaro vafot etdi

Foto:«RIA Novosti»

Buyuk Britaniyaning eng keksa fuqarosi Bessi Kamm 113 yoshida vafot etdi. Bu haqda «Daily Mail» nashri xabar bergan.

Nashrning yozishicha, Kamm Angliyaning Roterem shahrida vafot etgan. Uning 114 yoshga kirishiga olti hafta qolgandi.

Ayol 1904-yilda tug‘ilgan bo‘lib, uning hayoti davomida Britaniya monarxi besh marta o‘zgargan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring