Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Bugun Moldovada prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tmoqda

Foto:«DW»

Bugun, 1-noyabr kuni Moldovada prezident saylovlarida ovoz berish boshlandi.

Saylovlarda sakkiz nomzod ishtirok etmoqda, ammo ular ichida eng yaxshi imkoniyat – Rossiyaga moyilligi aytiladigan prezident Igor Dodon va G‘arb qo‘llovida sanaladigan sobiq bosh vazir Mayya Sandularda hisoblanadi. Bu haqida RBK xabar bermoqda.

Mayya Sandu G‘arbga moyil siyosatchi o‘laroq ko‘riladi. Foto: BelTA.

Moldovada umumiy prezidentlik saylovlari ikkinchi marotaba o‘tkazilmoqda. 2016- yilgi saylovlarda Igor Dodon g‘olib chiqdi va Rossiya bilan yaqinlashish zarurligi to‘g‘risida kampaniyani ilgari surdi. To‘rt yil uning mavqeini o‘zgartirmadi.

U betaraf tashqi siyosat, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi va Moskva bilan munosabatlarni rivojlantirish zarurligini ta’kidlab keladi.

Yetti nomzod esa unga qarshi chiqmoqda. Asosiy raqib - sobiq bosh vazir va Yevropani qo‘llab-quvvatlovchi Harakat va birdamlik partiyasi rahbari Mayya Sandudir. So‘nggi saylovlarda Sandu ikkinchi davrada Dodonga yutqazgandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya tashqi razvedkasi rahbari Sergey Narishkin G‘arb Moldovada rangli inqilobga hozirlik ko‘rayotganini xususida bayonot bergandi. 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring